Peti Messini zaxiraga o'tkazish kerakligini takidladi
17 fev 2022 19:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/683346_original.jpg)
![](/upload/storage/683346_220.jpg)
Peti Messini zaxiraga o'tkazish kerakligini takidladi
Franciyalik sobiq futbolchi Emmanuel Peti PSJ hujumchisi Lionel Messining o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozir u "Barselona"da o'ynagan, biz bilgan Messining soyasi. Qarang, "Manchester Yunayted"da Ronaldu bilan nimalar bo'lyapti. Rangnik uni zaxira o'rindig'iga o'tkazdi, keyinroq esa u "Old Trafford"da gol urdi. Ehtimol, Messi bilan ham xuddi shunday amaliyotni joriy etish kerakdir, lekin u bunga rozi bo'larmikan?", – dedi Peti.
Messi parijliklar safida 21 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar