Petar Segrt: "Mening va Tojikiston terma jamoasining asosiy maqsadi ilk bor Osiyo Kubogiga yo'llanma olish"
25 mar 2022 18:31
Yangiliklar
Petar Segrt: "Mening va Tojikiston terma jamoasining asosiy maqsadi ilk bor Osiyo Kubogiga yo'llanma olish"
"Dastlab Uganda terma jamoasini tabriklayman. Penaltilar seriyasimi yoki boshqami ular bugun g'olib bo'lishdi. Albatta biz xafamiz, penaltilar seriyasida yutqazish futbolchilar va murabbiy uchun juda alamli bo'ladi. Hozir kiyim almashtirish xonasida yigitlar juda ham xafa bo'lib o'tirishibdi. Ammo biz o'rnimizdan turishimiz kerak. Sababi mening qo'l ostimdagi ilk o'yinda ajoyib o'ynadik. Har bir futbolchiga rahmat aytmoqchiman. Uganda terma jamoasi FIFA reytingida 30 pog'ona yuqorida, ammo bugun maydonda buni sezmadik. Tojikiston terma jamoasi muxlislaridan uzr so'rayman. Agar qaysidir futbolchi penaltidan gol ura olmagan bo'lsa, bu mening aybim. Sababi aynan shu yosh futbolchi Tojikiston futboli kelajagi. Agar Tojikiston terma jamoasini bugungi mag'lubiyat uchun tanqid qilmoqchi bo'lsa shaxsan meni yonimga kelib meni tanqid qilsin, marhamat.
Agar o'yin haqida gapirsam dastlabki 8 daqiqada kerakmas standart vaziyat sovg'a qildik va gol o'tkazib yubordik. Uganda terma jamoasi futbolchilari bizning yigitlardan biroz balandroq va ular bundan foydalanib ketishdi. Ammo o'tkazilgan goldan keyin, yangi murabbiy, yangi stadion va ko'plab muxlislar qarshisida Uganda bilan bahsda shunday reakciya qilishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman. Tezda gol urdik, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi. Hakamlar shunday qaror qabul qilishdimi demak bu to'g'ri deb qabul qilamiz. Bugun hakamlar yaxshi ishlashdi. Hisob tenglashganidan keyin Tojikiston terma jamoasi azolarining imkoniyatlarini ko'rdik. Kamchiligimiz bitta - ikkinchi golni ura olmadik. Agar ikkinchi golni urganimizda g'alaba qozongan bo'lardik.
Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga kelgan barcha muxlislarga, raqibga va uning murabbiyiga, hakamlarga, o'z shogirdlarimga va Tojikiston futbol federaciyasiga rahmat aytaman. Iltimos unutmanglar, asosiy maqsadimiz yaxshi futbol namoyish etish edi va bugun uni bajardik deb o'ylayman. Mening va Tojikiston terma jamoasining asosiy maqsadi ilk bor Osiyo Kubogiga yo'llanma olish, nasib qilsa shunday bo'ladi", - dedi Segrt.
- Bugun o'yin davomida xatolar kuzatildi, Tojikiston futboli rivoji yo'lida qanday choralar ko'rmoqchisiz?
- O'yindan oldin ikki-uchta mashg'ulot o'tkazdik va bu bilan o'yin falsafasini o'zgartirish qiyin. Ularga mana shu kunlarda hatto bosim ham qildim.
- Alijoni Ayni penaltilar seriyasida zarba berishi bu sizning qaroringizmi?
- Birgalikda maslahatlashdik va birgalikda qaror qabul qildik. Agar uni tanqid qilmoqchi bo'lsangiz, meni tanqid qilavering.
- Nima uchun Fatxullo Fatxulloev terma jamoaga chaqirilmadi?
- Har bir tojikistonlik futbolchida terma jamoada o'ynash imkoniyati bor. Faqat ular menga loyiq ekanliklarini isbotlashlari zarur. Agar hozirgi chaqirilgan futbolchilar bugungidek o'ynashsa, nimanidir o'zgartirishga hojat bo'lmaydi.
Fikrlar