So’nggi yangiliklar

18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  0 17:53"Атлетико" Қозоғистондаги академия қароргоҳи лойиҳасини тақдим этди  2 17:35"Қизилқум"ни энди ким бошқаради?  4 17:31Қайғули хабар: "Брешиа" клуби банкрот деб эълон қилинди  2 17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  12 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  11 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  8 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  3 16:05Роналду "Ал Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   12 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  10 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  32 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4

"Peskara" - "Atalanta" uchrashuvi zilzila tufayli to'xtatildi Yangiliklar

"Peskara" - "Atalanta" uchrashuvi zilzila tufayli to'xtatildi

Kecha Italiya A Seriyasining 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

ESPNFC nashrining xabar berishicha, Italiya markazida ikki soat ichida ikkinchi zilzila kuzatilganidan so'ng "Peskara" hamda "Atalanta" o'rtasidagi bahs muxlislar orasidagi qo'rquv tufayli bir necha daqiqaga to'xtatildi.

Uchrashuv boshlanishiga 90 daqiqa qolganida 5,4 magnitudali, bahsning 32-daqiqasida esa 6,1 magnitudali zilzilalar qayd etilgan.

10 soniya davomida muxlislar orasida vahima paydo bo'ldi, xatto bazilar stadionni tark etdi.

"O'sha vaqtda nima bo'layotganini tushunmadik, chunki biz maydonda yugurayotgandik. Muxlislar baqirishini eshitib, ular arenani tark etayotganida hammasini tushundik" - deydi "Peskara" himoyachisi Ugo Kampanaro.

Uchrashuv 4 daqiqaga to'xtab qoldi va keyin davom ettirildi. Ushbu o'yinda "Atalanta" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Zilzila markazi "Stadio Adriatiko" arenasidan 180 km. uzoqlikda, Macherata va Peruja shaharlari orasida bo'lgan.

Ikki oy oldin ham Italiya markazida qattiq zilzila kuzatilgan edi. O'shanda 300 ga yaqin aholi tabiiy ofat tufayli olamdan ko'z yumgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика