So’nggi yangiliklar

08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  1 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  6 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  4 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  39 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  5 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  2 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1

Peshqadamlik uchun kurash: A Seriya 3-turiga prevyu Yangiliklar

Peshqadamlik uchun kurash: A Seriya 3-turiga prevyu

Bugun 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Yuventus" - "Napoli"

Pirlo va Gattuzoning murabbiylik duelini ko'rish ancha qiziq bo'ladi. "Yuventus" o'tgan turda o'zini to'liq ko'rsatib berolmadi, ammo to'xtashga vaqt yo'q, oldinga intilishi kerak. Kulushevski-Dibala-Ronaldo uchligini ko'rish ancha qiziq bo'ladi va bunga ham etarlicha imkoniyat bor. Pirlo tarkibda o'zgarishlar qilishi kutilmoqda. "Napoli" turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, jamoa yangi murabbiy qo'l ostida ham ishonch bilan harakat qilmoqda. Gattuzo bu o'yinda jarohat olgan Insinening o'rniga birortasini topishi kerak va katta ehtimol bilan bu Politano bo'lishi mumkin.

Klublar so'nggi marta Italiya Kubogi finalida uchrashgandilar, chempionat doirasida esa avvalgi uchrashuvda "Napoli" 2:1 hisob bilan "Yuventus" ustidan g'alaba qozongandi. Bu safar bukmekerlar "keksa sinora"ning imkoniyatlarini yuqoriroq deb taxmin qilishmoqda, biroq keskin farq sezilmayapti. Uchrashuv chinakamiga tur bezagi bo'lishi mumkin, "Napoli" albatta amaldagi chempionga qarshi munosib qarshilik ko'rsatadi va Turindan hech bo'lmasa gol urmay qaytmasa kerak.


"Lacio" - "Inter" 

"Inter" "Benevento"ni dodini berayotganda, "Lacio" "Atalanta"dan "kaltak eyotgandi". Inzagi bu o'yinda bir qator etakchilari xizmatidan foydalana olmaydi. SHu sabab tarkib u qadar o'zgarmasa kerak. Korrea maydonga tushsa, jamoaga ancha foydasi tegishi mumkin, ammo bu amalga oshishi biroz qiyin vazifa. Konteda tarkib muammosi yo'q, shu sababli "syurpriz"lar bo'lmasa kerak. Vidalning jarohati u qadar jiddiy bo'lib chiqmadi, lekin shunday bo'lsada, boshqa variantlar bo'lgani uchun chililikni extiyot qilishlari mumkin.

Oxirgi o'zaro bellashuvda "Inter" "Lacio"ga Rimda mag'lub bo'lgan (1-2), o'sha uchrashuv skudetto uchun kurashda o'ta muhim pallada bo'lgandi. Bu safar bukmekerlar "Inter"ning g'alabasiga ko'proq ishonmoqda. Konte jamoasi chempionat startida ishonchliroq o'yin namoyish qilmoqda, lekin himoyadagi muammolar etarlicha. "Lacio" esa ulardan foydalanib qolishi mumkin.


"Atalanta" - "Kalyari"

"Bergamasklar" birinchi turlardanoq xuddi o'tgan yilgidek hujumkor o'yin ko'rsatmoqda. Gasperinida hozircha tarkibni keskin o'zgartirish imkoni mavjud emas. "Atalanta" vaziyatni juda yaxshi his etmoqda va etakchilar yaxshi sport formasiga kirib ulgurgan. "Kalyari"da vaziyat og'irroq. Eusebio Di Franchesko hali jamoani to'liq o'zi istagan holatga keltira olmadi chog'i. "Lacio"ga qarshi o'yinda jamoa yomon ko'rinmadi, lekin futbolchilarda o'z kuchiga ishonch etishmadi. Bu safar himoyada yanada diqqatliroq harakat qilish talab etiladi.

Oxirgi o'yinda ushbu jamoalar ancha kamtar o'yin namoyish qilgan va "Atalanta" 1-0 hisobida g'alaba qozongandi. Hozir "bergamasklar" so'zsiz favorit hisoblanmoqda. Qiziq bir fakt: "Kalyari" oxirgi 4 o'yinda "Atalanta" darvozasini ishg'ol qila olmayapti, bu safar ham annani buzish mushkul vazifa. Katta ehtimol bilan "Atalanta"ning g'alabali seriyasi davom etadi. 


"Fiorentina" - "Sampdoriya"

"Fiorentina"ning asosiy vazifasi hozir Federiko Kezani saqlab qolish hisoblanadi. Futbolchi "Milan"ga o'tib ketish ehtimoli yuqori. Hozircha u "Inter" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin muxlislarni xursand qilish niyatida. "Fialkalar" vaqti-vaqti bilan ajoyib o'yin namoyish qildilar, Frank Riberi jamoa safida ajralib turdi. "Sampdoriya" esa startda ketma-ket 2 bor mag'lubiyatga uchradi, "Yuventus"ga yutqizishini qaysidir manoda kutilgan bo'lsa, "Benevento", yana 2-0 hisobida oldinda borayotib... Juda alamli holat. SHubhasiz, Klaudio Raneri tarkibni o'zgartirishga intilishi turgan gap, lekin bir qator yangi futbolchilar hali jamoaga kirishib ulgurmagan va tarkib ideal holatga kelishi uchun vaqt talab etiladi.

"Fiorentina" "Sampdoriya" darvozasiga 5 ta gol urib 1 ta o'tkazib yubordi. Hozir "fialkalar" yana favorit rolida o'yinga kelmoqda. Muhimi mezbonlar "Torino" bilan o'yindagidan ko'ra, ishonchliroq, dadilroq harakat qilishi zarur. "Sampdoriya" esa yo'qotadigan narsasi yo'q va shuning uchun quvnoq bellashuv guvohiga aylansak ajabmas.


"Udineze" - "Roma"


O'tgan tur Udine klubi kutilmaganda "Speciya"ga yutqazib qo'ydi. Bu safar undanda qiyinroq imtihon kutib turibdi. "Roma" esa "Yuventus" bilan o'yinda ancha ishonchli o'yin ko'rsatdi va g'alabaga yaqinroq edi. Bu safar raqib nisbatan kuchsizroq jamoa, demak, qarshi hujumlarga ishonib qolib bo'lmaydi. Paulo Fonseka buni tushunib turibdi va shundan kelib chiqib tarkib tuzishi zarur.

Qiziq, oxirgi o'zaro uchrashuvda "Udineze" "Roma"ni 2-0 hisobida mag'lub etgandi. SHunday bo'lsada, bo'lajak bellashuv favoriti "rimliklar". "Udineze" qanchalik harakat qilmasin, "kichik zebralar"ga nisbatan mahoratli raqibga qarshi oson bo'lmasligi aniq.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика