So’nggi yangiliklar

22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  6 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  18 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  9 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  236 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  19 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1

Peshqadamlar to'qnashuvida durang qayd etildi Yangiliklar

Peshqadamlar to'qnashuvida durang qayd etildi

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 8-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Marat Bikmaev tomonidan tepilgan to'p biroz noaniq ko'rinish oldi. Mezbonlar dastlabki 13 daqiqada to'rt marta burchak to'pini ijro etdishdi. Har safar mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi.

17-daqiqada mehmonlar ham burchak to'pidan keyin xavfli vaziyat yaratishdi. Muzaffar Abdullaev o'zini ko'rsatdi.

24-daqiqa Javohir Sidiqov bir nechta raqiblarni aldab o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

35-daqiqa Murod Xolmuhammedovning jarimadan bergan zarbasi darvozaning shundoqina yonidan o'tib ketdi. 38-daqiqada Aleksandr Merzlyakov o'rniga Sobir Hamidov maydonga tushdi.

45-daqiqada mezbonlar hisobni ochishdi. Darko Gojkovich gol urdi - 1:0.

Birinchi taym yakunlandi.

Ikkinchi taym boshlandi. 54-daqiqada Javohir Sidiqovda qulay imkoniyat vujudga keldi, ammo gol bo'lmadi.

Bugungi uchrashuvni bevosita stadionda 10 578 tomoshabin ko'zatib bormoqda. 78-daqiqada Marat Bikmaev hisobni tenglashtirdi - 1:1.


17 may, chorshanba
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Lokomotiv” (Toshkent) 1:1
17 may 2017. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 17:30
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B. Mametov

Gollar: Darko Gojkovich 45, - 1:0. Marat Bikmaev 78, - 1:1.

“Qo'qon-1912”:  21. Muzaffar Abdullaev, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiev, 23. Aleksandr Merzlyakov (8. Sobir Hamidov, 38), 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod  Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevac.
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 9. Nosir Otaqo'ziev, 11. Andrey Sidorov, 17. Avaz Mamatxo'jaev, 24. Ibrohim Rahimov, 97. Oybek Rustamov.

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev, 15. Sardor Mirzaev (77. Diyorbek Turopov, 90), 22. Murod Bobojonov (18. Temur Kapadze, 56),  28. SHuhrat Muhammadiev, 29. Quvondiq Ro'ziev (11. Sadriddin Abdullaev, 76), 33. Oleg Zoteev, 37. SHerzod Fayziev, 42. Muhammad Kone, 99. Jaloliddin Masharipov
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 9. Ikrom Aliboev, 17. Salim Mustafoev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, .


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика