Peshqadam ochko yo'qotdi, "Portu", "Benfika" va "Braga"da qiyin g'alabalar
06 apr 2021 11:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629405_original.jpg)
![](/upload/storage/629405_220.jpg)
Peshqadam ochko yo'qotdi, "Portu", "Benfika" va "Braga"da qiyin g'alabalar
Kecha Portugaliya chempionatida 25-tur o'yinlari yakuniga etdi.
"Portu" o'z maydonida "Santa-Klara" ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. G'alaba to'pi 90+5-daqiqada Martines tomonidan urildi. Peshqadam "Sporting" safarda "Moreyrense" bilan durang o'ynadi - 1:1. "Benfika" va "Braga" esa kichik hisoblarda g'alabalarga erishishdi.
Portugaliya chempionati, 25-tur.
Farense - Braga - 1:2 (1:1)
Gollar: Elmusrati, 29 (0:1). Pedro Enrike, 34 (1:1). SHporar, 90+1 (1:2).
Benfika - Maritimu - 1:0 (1:0)
Gol: Valdshmidt, 21 - penalti (1:0).
Moreyrense - Sporting - 1:1 (0:1)
Gollar: Paulinyu, 21 (0:1). Silva, 90 (1:1).
Portu - Santa-Klara - 2:1 (0:0)
Gollar: Serjiu Oliveyra, 49 - penalti (1:0). Karvalo, 56 - penalti (1:1). Martines, 90+5 (2:1).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar