Peru terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bizning maqsadimiz - Kopa Amerikani yutish"
04 iyu 2019 11:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/504833_original.jpg)
![](/upload/storage/504833_220.jpg)
Peru terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bizning maqsadimiz - Kopa Amerikani yutish"
Peru terma jamoasi ustozi Rikardo Gareka Kopa Amerika yarim finalidagi CHili (3:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz kuchli raqibga qarshi ajoyib harakat qildik. Braziliya bilan bo'ladigan o'yin butunlay o'zgacha bo'ladi. Bizning maqsadimiz - Kopa Amerikani yutish", - deydi Gareka.
Eslatib o'tamiz, Peru termasi CHilini yutish orqali musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Jamoa finalda 5 karra jahon chempioni bo'lmish Braziliya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.
Final 8 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar