So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  44 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

"Persepolis"ga qarshi "Nasaf"ning yashirin rejasi mavjud Yangiliklar

"Persepolis"ga qarshi "Nasaf"ning yashirin rejasi mavjud

O'zbek futbol muxlislari ajoyib kayfiyatda bugungi "Persepolis" - "Nasaf" to'qnashuvini intizorlik bilan kutishmoqda.

Kechagi "Lokomotiv"ning chiroyli g'alabasi muxlislardagi yuqori ishtiyoqni yanada oshirdi. 

"Nasaf"ning "Al Faysali" ustidan qozongan yirik g'alabasi tarixda qoldi. Jamoa endi guruh bosqichini yangi sahifadan boshlashi lozim. Guruh bosqichidagi ilk raqib o'ta jiddiy. Eronning eng kuchli klubi "Persepolis"ga qarshi bahs har qanday jamoa uchun haqiqiy imtihonga aylanadi. Bu jamoani o'z uyida, yani "Ozodi"da taslim etishni esa sanoqli jamoalar uddalagan.

"Ozodi"da "Persepolis"ni eng ko'p xafa qilgan jamoa - "Bunyodkor".
"Persepolis" OCHLdagi o'yinlarda so'nggi bor "Ozodi"da 2012 yil "Al Hilol"dan mag'lub bo'lgan. SHundan so'ng jamoa o'z uyida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ushbu o'yinga alohida reja o'ylab qo'yganiga shubha yo'q. "Persepolis"ga qarshi bahsda "ajdarlar" odatiy taktik uslubdan voz kechgan holda ikkinchi taktik rejaga o'tishadi. Jamoaning Eronga uchib ketgan tarkibi ommaga elon qilinmadi. Bu Ro'ziqul Berdievning o'ziga xos raqibni chalg'ituvchi rejalaridan biri ekanligiga shubha yo'q. Bunga qadar esa "Nasaf" Qarshida "Dinamo" bilan nazorat o'yinida maydonga tushgandi. Aynan o'sha o'yinda ham Berdiev tushirgan tarkib va qo'llangan taktik reja sir saqlandi. Bularning bari raqibga uchrashuvdan oldin kartalarni ochib ko'rsatmaslik uchun qilingan ishlar.

Garchi bizda "Dinamo" bilan o'yinda qaysi tarkib o'ynagani va Eronga aynan kimlar ketgani haqida aniq malumot bo'lmasada, Berdiev nimalarni o'ylab qo'yganini taxmin qilish qiyin emas.

"Nasaf" ustozi "Persepolis" qanday kuchga ega ekanligiyu, jamoa ayni paytda o'yin tonusiga kirib olganini yaxshi tushunib turibdi. Bu raqib o'sha kungi "Al Faysali"dan o'yin bobida ham, daraja bo'yicha ham tubdan farq qiladi. Eronliklar tarkibida bir qator kuchli futbolchilar va ijrochilar mavjud. Berdiev esa yangilangan va yoshartirilgan tarkib bilan "Persepolis"ga jiddiy tashvish tug'dirishga qiynalishi tabiiy. SHu boisdan "ajdarlar" raqibdan kelib chiqqan holda bu o'yinga reja tuzishgan.

Xo'sh, Berdiev o'ylab qo'ygan taktik reja qanday? Tarkibda qanday syurprizlarni ko'rishimiz mumkin?
Avvalo shuni qayd etish kerakki, "Nasaf"ning "Persepolis"ga qarshi o'yinda qo'llaydigan taktikasi jamoa uchun yangilik bo'lmaydi. "Nasaf" bugungi o'yinda katta ehtimol bilan odatdagidek 4-2-3-1 sxemasida emas, balki Berdiev oxirgi yillarda muhim uchrashuvlarda qo'llayotgan 3 nafar markaziy himoyachidan iborat taktik sxemada harakat qiladi. Yani jamoa 3-4-3 taktik sxemasida o'ynaydi. Ushbu sxemada kimlar qaysi poziciyani egallaydi?Bu uslub yangilik emas, lekin bugungi o'yinda "Nasaf"ning yangi serbiyalik o'ng qanot himoyachisi Slavko Lukichning o'ynaydigan nuqtasi ko'pchilik uchun kutilmagan bo'lishi mumkin. CHunki Berdiev ushbu bellashuvda markaziy himoyani Slavko Lukich, Igor Golban hamda Umar Eshmurodov "uchligi" orqali quradi. Qanotlarda nominal qanot himoyachilari emas, balki butun qanot bo'ylab javobgar bo'ladigan "lateral" futbolchilar harakat qilishadi. O'ng qanotda Doniyor Narzullaevni ko'rsak, chap qanot SHarof Muhiddinov zimmasiga qoladi. Markaziy yarim himoya esa doimgidek Odiljon Hamrobekov hamda Aziz G'aniev gardaniga tushadi. Dragan CHerandan esa Berdiev "lojnaya devyatka", yani o'zbekcha aytganda "aldamchi to'qqizinchi" sifatida foydalanadi. Hujumda unga ko'maklashishi ko'zda tutilgan Jasur Hasanov/Bobir Abdixoliqov hamda Islom Kenjaboev esa ikki qanotdan markazroqqa ko'chib o'ynashadi.

Hali takidlaganidek, bu taktik uslubdan Berdiev avval ham foydalangan. Raqibdan va "Nasaf"ning hozirgi mavjud tarkibidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, aynan shu uslub ko'proq naf keltirishi mumkin. CHunki uch nafar markaziy himoyachi bilan o'ynash orqali "Persepolis"ning o'tkir nayzali hujumchilariga jarima maydonchasi ichida erkinlik bermaslikka erishish mumkin. SHuningdek, "Nasaf" imkon qadar to'p bilan o'ynashga urg'u berishi lozim. Muxlislarning fantastik qo'llab-quvvatlashi ostida eronliklar zo'r hujumga berilishadi va "Nasaf" butun uchrashuvni himoyada bir tekis o'tkazish ehtimoli keskin pasayadi. CHunki raqibning o'ta kuchli bosimi natijasida himoyada muammolar paydo bo'lishi mumkin. "Persepolis"ni o'yinini izdan chiqarish va zararsizlantirishning eng oson yo'li bu raqibni to'psiz qoldirish.

"Nasaf"ning tayanch zonasi hukmdoriga aylangan Hamrobekov va uning eng yaqin ko'makchisi Aziz G'aniev zimmasidagi masuliyat ikki karra oshadi. G'aniev endi nafaqat dispetcherlik vazifasini uddalashi, balki tayanch nuqtasida jamoasi himoyalanayotgan paytda ham keng ko'lamdagi ishni bajarishga Hamrobekovga yordamlashishi lozim. Muhimi, bu ikki Osiyo chempionlari "Ozodi"dagi fantastik muhit tasiriga tushib qolmasliklari lozim. Aynan shu narsa tasirini engib o'tishsa, bu futbolchilarning qanday salohiyatga ega ekanliklarini yaxshi bilamiz.

Ehtiyot bo'lish kerak
"Persepolis"ning hujum chizig'i nihoyatda kuchli. Jamoa safida bir qator kuchli ijrochilar mavjud. Garchi jamoani Mehdi Taremi tark etgan bo'lsada, Ali Alipur va Godvin Mensha singari kuchli forvardlari bor. Bu ikkala hujumchi raqib jarima maydonchasi ichida istalgan paytda "qotil"ga aylanishi mumkin.

Branko Ivankovich jamoani asosan 4-4-2 taktik sxemasida o'ynatishni xush ko'radi. Ikki nafar tayanch yarim himoyachi bilan o'ynaydigan "Persepolis"ning himoya qurg'onini yorib o'tish ham nihoyatda mushkul vazifa. Jamoa futbolchilari jismonan ancha baquvvat va ikkinchi qavatda juda xavfli. "Nasaf"ning jussasi nisbatan kichik futbolchilari ularga jismoniy kurashda yutqazishlari mumkin. Lekin texnik va taktik taraflama ularni zaif nuqtasidan foydalanishga harakat qilishlari lozim. Bu o'yinda "Nasaf"ning tezkor futbolchilari Islom Kenjaboev, Jasur Hasanov, Bobir Abdixoliqov o'z imkoniyatlarini maksimal ishga solishlari zarur. "Persepolis" himoyasini aynan tezlik orqali buzib o'tish nisbatan osonroq.

"Nasaf"ning yana bir asosiy va samarali quroli - standart vaziyatlari. "Ajdarlar" burchak va jarima zarbalarida ancha xavfli. Aziz G'aniev, Odil Hamrobekov hamda Dragan CHeran o'zining kuchli zarbalarini ko'proq ishga solishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.

"Persepolis"ning taxminiy tarkibi (4-4-2): Alirizo Beiranvard - Sodiq Muharrami, Jalol Hussayni, SHoja Halilzoda, Muhammad Ansari - Farshad Ahmadzoda, Hussayin Mahini, Muhsin Rabieka, Vohid Amiri - Godvin Mensha, Ali Alipur.
"Nasaf"ning taxminiy tarkibi (3-4-3): Sanjar Quvvatov - Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov - SHarof Muhiddinov, Odil Hamrobekov, Aziz G'aniev, Doniyor Narzullaev - Jasur Hasanov, Dragan CHeran, Islom Kenjaboev.

Ro'ziqul Berdiev va "Nasaf" Eron safaridan hozirgacha mag'lub sifatida qaytib kelmagan. Berdiev murabbiylik faoliyatidagi OCHLdagi ilk mavsumidayoq "Nasaf" bilan dahshatli "Ozodi"da "Istiqlol" bilan bellashgan va durang o'ynagandi. Yani "Ozodi"dagi fantastik muhit "Nasaf" va Berdievni qo'rqita olmaydi. Aksincha, "Persepolis"ni garchi o'z uyida bo'lsada o'zbek jamoalari qo'rqitib qo'ygan! Buni Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" isbotlagan. "Nasaf" esa o'sha esa o'zbek jamoalarining "Ozodi"dagi muvaffaqiyatini takrorlashga qurbi etadi. Muhimi, o'z kuchiga bo'lgan ishonchni jamoa maydonga tushgach his eta olishida.

Eronning "qizil armiya"siga qarshi o'zbek "ajdarlar"i munosib "jang" qilishlariga ishonamiz. "Nasaf" kamida Eron safarlaridagi yoqimli ananani buzmaydi, degan umiddamiz.

"Ajdarlar" o'z olovlarini purkaydigan payt etib keldi. Jabrlanuvchi esa "Persepolis" bo'lishi kerak...

Muallif :
Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика