

Tehronning "Persepolis" klubi Sergeevga qiziqib qolgan. Bu haqda persianfootball nashri xabar berdi.
Hujumchi OCHL-2019 guruh bosqichida "Persepolis" darvozasiga gol urgandi. Fors klubi Sergeev bilan muzokara boshlagan.
Ayni paytda argentinalik Gabriel Kalderon boshqaruvidagi "Persepolis" "Al Garafa" hujumchisi Mehdi Taremi bilan ham muzokara o'tkazgandi.




