So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

OCHL-2019. "Paxtakor" "Ozodi"da durang o'ynadi Yangiliklar

OCHL-2019. "Paxtakor" "Ozodi"da durang o'ynadi

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Persepolis" - "Paxtakor" 1:1
5 mart 2019. Tehron. "Ozodi" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Adnan Muhammad Tuma, Ahmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (Iordaniya), Qosim Matar (Ummon).

Gollar: Marat Bikmaev 5, - 0:1. Mario Budimir 25, - 1:1.

"Persepolis": Beyranvand, Halilzoda, Hussayni, Resan (Rafeyi, 88), Nurollohi, To'robi, Kamyabinia, SHiri, Budimir (Nemati, 71), Nodiri, Alipur
Zaxira: Radoshevich, Rafeyi, SHarifi, Hemati, Muhammad Hussayni, Karimi.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec, SHerzod Azamov, Xojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo'jaev (Marko Simich, 85), Sadriddin Abdullaev, Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 77), Dragan CHeran, Marat Bikmaev (Igor Sergeev, 60)
Zaxira: Botirali Ergashev, Jahongir Ahmadov, Jasur Yaxshiboev, Vladimir Kozak,

Ogohlantirishlar: Xojiakbar Alijonov 21, Farrux Sayfiev 22, Torabi 70, Jalol Hussayni 75. 



Persepolis

Mario Budimir - 25'

AFC Champions League Grp. D . 1-tur

05/03/2019, 20:00

1
:
1
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Marat Bikmaev - 5'

45'
90'
25'  Mario Budimir
71'  Mario Budimir (Siamak Nemati)
88'  Bashar Resan (Soroush Rafiei)
5'  Marat Bikmaev
60'  Marat Bikmaev (Igor Sergeev)
77'  Jaloliddin Masharipov (Javokhir Sidikov)
85'  Sardor Sabirkhodjaev (Marko Simic)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+5. O'YIN TUGADI! "Paxtakor" Tehronda OCHL-2018 finalchisi bilan durangga erisha oldi! 

90+4. "Persepolis" deyarli butun jamoa bilan hujumga o'tmoqda, "Paxtakor" mardonavor tarzda himoyalanmoqda

90+2. Hamdamov qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo u o'yindan tashqari holatga tushib qolgan ekan

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarish. "Persepolis". Resan o'rniga Rafeiy tushirildi

85. Ogohlantirish. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Simich tushirildi

82. "Paxtakor"ning tezkor qarshi hujumi! Alijonov katta tezlikda oldinga o'tdi, Sidiqovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

79. ZARBA! Hamdamovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvozabon tomonidan ushlab olindi

77. O'zgarish. "Paxtakor". Masharipov o'rniga Sidiqov tushirildi

75. Ogohlantirish. "Persepolis". Jalol Hussayni

74. ZARBA! Burchak zarbasidan so'ng Krimec va Azamovning urinishlariga aniqlik etishmadi

71. O'zgarish. "Persepolis". Budimir o'rniga Nemati tushdi

70. Ogohlantirish. "Persepolis". Torabi

65. O'yin shiddatli tarzda davom etmoqda

60. O'zgarish. "Paxtakor". Bikmaev o'rniga Sergeev tushirildi

52. Mezbonlarning xavfli urishini Quvvatov qiyinchilik bila bartaraf etdi

50. "Paxtakor" vakillari burchak to'piga ega bo'lishdi. Ammo bu samara keltirmadi

46. Ikkinchi taym boshlandi



Uchrashuvdagi gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH 



45+2. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1.

45+1. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Sadriddin Abdullaevning kuchli zarbasini Beyranvand qaytardi! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

43. Jaloliddin Masharipov maydon markaziga yaqin joyda yiqitildi. Unga shifokorlar yordam berishdi, Jaloliddin maydonga qaytdi

41. "Ozodi" stadioniga kelgan minglab muxlislar qandaydir ovoz kuchaytirgichlar bilan "Persepolis"ni oldinga chorlashmoqda

36. "Paxtakor"ning qarshi hujumi, ammo Sobirxo'jaev o'yindan tashqari holatda

30. Hisob tenglashgach mezbonlar yanada yaxshiroq o'ynay boshlashdi. 



25. GOL! 1:1. Mario Budimir jarima maydoni ichidan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 

 



23. ZARBA! Marat Bikmaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Beyranvand ushlab oldi

22. Zarba jonli devorga tegib qaytdi. Xavf bartaraf etildi. "Paxtakor" qarshi hujumga o'tdi, ammo Sayfiev kutilmaganda sirg'anib ketdi

22. Ogohlantirish. "Paxtakor". Farrux Sayfiev

21. "Persepolis" juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Jarima to'pi

21. Ogohlantirish. "Paxtakor". Xojiakbar Alijonov

17. Asta sekin "Persepolis" ham o'ziga kelmoqda va tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda. "Paxtakor" himoyalanmoqda

13. Dastlabki daqiqalarda "Paxtakor" hech nimadan qo'rqmay, erkin va chiroyli hujumkor o'yin namoyish etmoqda. Bu albatta bizni quvontiradi!

11. UXXXXX! ZARBAAAAA! CHeran Masharipov uzatib bergan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Beyranvand qiyinchilik bilan qaytardi!

10. Sardor Sobirxo'jaevni raqiblar qo'pollik bilan to'xtatishdi. "Paxtakor" jarima to'piga ega bo'ldi.

8. UXXXX! Burchak to'pidan keyin Kamyabinia boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

8. ZARBAAAAAAAAAA! QUVVATOVdan ajoyib seyv! Sayfiev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! 

7. Mezbonlar tezda hujumga o'tishdi, "Paxtakor" himoyachilari to'pni qaytarishdi



5. Masharipov to'pni qanotdan jarima maydoniga uzatdi, CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvoza ustuniga tekkan to'p Bikmaevga bordi, Marat bo'sh darvozani osongina ishg'ol qildi. Bu vaziyatda hakamlar o'yindan tashqari holatni aniqlashda xatoga yo'l qo'yishgandek ko'rindi. Bu endi hakamlarning muammosi. 


5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BIKMAEEEEEEEEEEEEEEV! 0:1

 


1.O'YIN BOSHLANDI!

- Ikkala jamoa "Ozodi" stadioni maydoniga tushib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. 



Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика