Perishich qishda "Inter"dan ketadi
14 dek 2020 19:28
Yangiliklar


Perishich qishda "Inter"dan ketadi
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Pereshich qishki transfer oynasida Milan klubini tark etishi kutilmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi Antonio Kontega nimalarga qodirligini isbotlay olmagan, endi u murabbiyning rejalari doirasiga kirmaydi. "Neradzurrilar" rahbariyati 31 yoshli o'yinchi borasidagi takliflarni tinglashga tayyor.
Perishich A Seriyaning joriy mavsumida 11 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 3 ta assist amalga oshirgan.
Yarim himoyachining "Inter" bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, uning transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar