Perishich ingliz klubi bilan kelishuvga erishdi
13 may 2022 19:42
Yangiliklar
Perishich ingliz klubi bilan kelishuvga erishdi
"Inter" futbolchisi Ivan Perishich yozda "CHelsi"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Frank Xalid xabariga ko'ra, xorvatiyalik yarim himoyachi “ko'klar” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan va hozirda yangi xo'jayinlar bilan bog'liq vaziyat hal bo'lishini kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Perishichning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. SHu tariqa xorvat futbolchisi erkin agent sifatida "Stemford Bridj"ga yo'l olishi mumkin.
Avvalroq Perishich maosh borasida kelishmovchiliklar tufayli "Inter" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgani xabar qilingandi. Kuni kecha xorvatiyalik futbolchi Italiya kubogi finalida “Yuventus”ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va “neradzurri”ning sovrinni qo'lga kiritishida yordam berdi.
Fikrlar