Peres va Zidan kelisha olmayapti

Aslanov Jasurbek
12 mar 2016, 12:24
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub prezidenti Florentino Peres bilan kelasi mavsum uchun tarkib borasida kelisha olmayapti.

Peres "Manchester Yunayted" posboni David de Xeani xarid qilmoqchi, Zidan esa Keylor Navasga ishonch bildiryapti. "Qaymoqranglilar" ustozi maydon markazida "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbani ko'rmoqchi. Bundan tashqari, Zidan "Chelsi" yetakchisiz Eden Azarga ham qiziqish bildirgan, ammo Peresning fikricha, u barqaror o'yin ko'rsatmaydi. Klub prezidenti hujum chizig'ida Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyangni ko'rishni istaydi, Zidan esa klub tarbiyalanuvchisi Borxa Mayoralga imkon bermoqchi. Peres va Zidan faqat bir transfer borasida bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Ular "Atletik" markaziy himoyachisi Emerik Laportni xarid qilish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es