So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Per-Emerik Obameyang: “Jahon darajasidagi hujumchiga aylanishni istayman” Yangiliklar

Per-Emerik Obameyang: “Jahon darajasidagi hujumchiga aylanishni istayman”

“Borussiya”ning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyang ushbu mavsumda ajoyib sermahsul o'yin ko'rsatmoqda.


U bundesigada 15 o'yinda 17 gol urdi. Evropa Ligasida 7 va Germaniya Kubogida 1 marta darvozani ishg'ol qildi. “Ekip” nashriga bergan intervyusida Obameyang Ronaldu va Messi darajasiga chiqishga urinishini takidladi.


Kayfiyat qanday?

– To'g'risimi? Bazida o'zimga gapiraman: “Sen baribir futbol o'ynay olasan!” Albatta, bu hazil. Lekin yoqimli. Hozircha xulosa chiqarishga erta. Agar Ronaldu mavsumda 50tadan ortiq gol urayotgan ekan, nega buni men uddalay olmayman?

– Jahon saviyasida hujumchiga aylanish orzusi bormi?

– Bu maqsadim. Doim aynan shuni xohlaganman. Balki, nomim keng tarqalmagandir, lekin hozir shunday ayta olaman. Avval kulgan bo'lishardi. Yaratganga ishonaman va ibodat qilayotganimda jahondagi eng yaxshi hujumchilar saviyasiga etishimni so'rayman. Ko'proq narsaga qodirligimga ishonaman. Xatolar ustida ishlab, mehnat qilishim lozim. To'xtab qolmasdan Messi va Ronaldu singari mavsumlarni o'tkazish kerak.

– Lekin siz mavsumning eng kuchli 5 to'purari safidasiz.

– Yana urishim kerak. Bir necha yillar oldin mavsumda 40 gol urishimni aytgandim. Hozir shu maqsad yo'lida katta qadam tashladim. Ko'proq tajriba va ishonch bilan natija keladi. 26 yoshdaman va ko'p narsalar o'zgargan.

Nimalar?

– Maydonda erkinroq o'ynab, futboldan zavq olishga urinyapman. Yana xuddi bolalikdagi hislarni tuyyapman. Yana o'zim unutgan narsalarni amalga oshiryapman. Bazida ortiqcha savollar bermasdan o'yinga etibor berishing kerak. Bu tarafdan o'zimga keldim: oldinga boraman, bosim hosil qilaman.

– Endi hujum markazida o'ynayotganingiz tasir ko'rsatgandir.

– Albatta, ushbu joyda o'zimni qulay his qilaman. Qanotda o'ynaganimda qiyinroq edi, ko'p kuch sarflardim. Hozir kuch gol urishga qolyapti.

– Juda tez bo'lganingiz uchun qanotga qo'yishganmi?

– Aynan shunday. Yosh va o'ynash muhim bo'lgan paytda har qaysi joyda o'ynashga rozi bo'lasan. Ko'pchilik tezkor futbolchilar haqida ular faqat yugura olishni eplaydi deb o'ylaydi. Buni faoliyatim boshidan beri eshitaman. “Monako”da rahbariyat shunday gapirganini bilaman. Gi Lyakombga rahmat, u menga ishondi va o'ynashimga imkon berdi. U mendan yaxshi o'yinchi chiqishi va ko'p gol urishim mumkinligini aytdi, faqat mehnat qilib, barchaning ovozini o'chirishim kerak edi. SHunday qila olganimdan xursandman.

Ich-ichimdan joyim markazda ekanligini bilganman. Va meni o'sha erga qo'yadigan murabbiy topildi. Avvalgi mavsum yaxshi boshlanmadi, lekin Yurgen Klopp markaziy hujumda ko'proq narsa qila olishimni tushundi. Hozirgi murabbiy Tomas Tuxel ham shunday hisoblaydi. Keskinroq o'ynash, aqlni saqlab qolish, etiborni yo'qotmaslik, aniq to'pgagina o'ynamaslik va to'pni saqlash kabi jihatlar ustida ko'p ishladim. Mashg'ulotlarda shunga yo'naltirilgan mashqlarni bajardim. Germaniyada birinchi mavsumda jamoadan keyin alohida qolib, eng ko'p ishlardim: zarbalar va jarima maydoni ichida harakatlanish bo'yicha mehnat qilardim.

– Otangiz Per Gabon terma jamoasi uchun 80 o'yin o'tkazgan, hozir u “Milan”ning bosh skauti. O'sishingizda uning o'rni qanday?

– Gabonda uni va meni etarlicha baholashmagan. Hech kim nega u men bilan mashg'ul ekanligini tushunmagan. Hamma u meni to'xtatib qo'yayotgani, ortiqcha yuklama berayotgani to'g'risida o'ylagan, lekin bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Xuddi ikki do'stdek.

O'yinlarni birga tahlil qilasizlarmi?

– Agar u o'yinni ko'rgan bo'lsa, tahlil qiladi. Aks holda, o'zim buni bajaraman. Ro'y berayotgan narsalar bizni qanoatlantiradi. U nimalarga qodirligimni o'zim ham yaxshi bilmasligim va qarorlarni o'zim qabul qilishim lozimligi haqida gapirgan. Maydondan tashqarida ham to'g'ri turmush tarzini olib borish kerak. Tushlikdan keyin uxlab, energiyani saqlash uchun to'g'ri va ko'p eyishim kerakligini takidlardi. Yoshligimda kuchimni turli foydasiz narsalarga sarflardim, masalan, kompyuter o'yinlariga.

Tungachami?

– Tonggi to'rtgacha! Endi esa tushundim: o'zingni o'yinlarga asrash kerak.

SHunday davom etsangiz va chempionatda 20 gol ursangiz, Tuxelni garovda yutgan bo'lasizmi?

– Ha, maqsadim shunday ekanligini elon qilgandim. Murabbiy ham uning rejalarida men kiritishim lozim bo'lgan to'plar soni borligini aytdi. Menga o'sha raqam yozilgan qog'ozni berdi. Endi har bir uchrashuvdan keyin gol urganimda unga belgi qo'yishim kerak. Raqam bilan qiziqyapsizmi? Vaqti kelganda bilib olasiz.


“Oltin butsa” uchun kurashda Obameyang peshqadam

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi hozircha “Oltin butsa” uchun davogarlar ro'yxatini boshqarib bormoqda. Kuchli beshlik shunday ko'rinishda:

1. Per-Emerik Obameyang (Borussiya) – 34 ball (17 gol).

2. Aleks Teysheyra (SHaxtyor) – 31,5 ball (21 gol).

3. Robert Levandovski (Bavariya) – 28 ball (14 gol).

4. Jeymi Vardi (Lester) – 28 ball (14 gol).

5. Neymar (Barselona) – 28 ball (14 gol).


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика