So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Pepsi bilan g'alaba sari harakat Yangiliklar

Pepsi bilan g'alaba sari harakat

Taekvondo bo'yicha O'zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo'lga kirigan Ulug'bek Rashitov ishtirokida mamlakat viloyatlariga turne tashkil etildi.

Sportning turli yo'nalishlari bilan shug'ullanib, o'z o'rnini topishga intilayotgan yigit-qizlar safi O'zbekistonda yil sayin kengayib bormoqda. Ularning bu sevimli mashg'uloti, ko'pincha, professional sport karerasi tomon hal qiluvchi qadam bo'lmoqda. Natijada, sport turlari bo'yicha yorqin yulduzlarimiz safi kengayib bormoqda.
Prezident SHavkat Mirziyoev aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, keng jamoatchilik orasida sog'lom turmush tarzini ommalashtirish bo'yicha aniq vazifalarni belgilab bergan. Ushbu vazifalarni bajarishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda PepsiCo kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy bottleri - International Beverages Tashkent ham o'z hissasini qo'shishga, mamlakatda turli sport yo'nalishlari, professional futbol, xokkey, boks, og'ir atletika va boshqa sport tadbirlarini tashkillashtirish va o'tkazishda faol ishtirok etmoqda.

MOQ va International Beverages Tashkent kompaniyasi o'rtasidagi shu yilning may oyida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida respublikada ommaviy sportni faol qo'llab -quvvatlash, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni sport maydoniga jalb qilish bo'yicha ishlar tashkil etildi. Bu maqsadlarga erishish uchun O'zbekistonning eng yorqin va iqtidorli sportchilari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yilmoqda.



Xususan, taekvondo bo'yicha O'zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo'lga kiritgan Ulug'bek Rashitov bilan mamlakatning 5 viloyatiga turne tashkillashtirildi.

Turne doirasida Olimpiya chempioni taekvondo bo'yicha sport maktablariga tashrif buyuradi, mazkur maktablarda bolalar chempion bilan shaxsan muloqot qilish, o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish va sportchi hayoti ik bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishadi. Olimpiya chempiona har bir maktabda sportchi bolalarga taekvondo mashg'ulotlari uchun forma - doboklarni va boshqa sovg'alarini topshiradi.



Ulug'bek Rashitov bolaligidan sportga qiziqqan. Bunda, ayniqsa, Bryus Li va Van Dam ishtirokidagi filmlarning ahamiyati katta. Bo'lajak chempion ularning usullarini takrorlashga harakat qilar va otasi o'g'lining intilishini ko'rib, uni sport to'garagiga berishga qaror qilgan edi.

Yosh Ulug'bek murabbiy Pavel Xan qo'lida tahsil oldi va ustozi uni Olimpiya chempioniga aylantirdi.

«Taekvondodan voz kechib, futbolga borishni istagan paytlarim bo'lgan, chunki, boshlang'ich pallada taekvondoda sezilarli yutuqlarga erisholmaganman. Lekin murabbiy meni har bir mag'lubiyatim saboq ekanini aytib, qo'yib yubormadi, qo'llab-quvvatladi, rag'batlantirdi, shuning uchun men shu yo'nalishda qolishga qaror qildim va bundan afsuslanmadim, - deydi Ulug'bek Rashitov.



2017 yilda sportchi birinchi bo'lib Atirau shahri (Qozog'iston)da o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining sovrindori bo'ldi va ikkinchi o'rinni egalladi.

«2018 yilda o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish maqsadida saralash turniriga tayyorgarlik ko'ra boshladik. Bu musobaqalarda men birinchi o'rinni qo'lga kiritdim va O'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarida kumush medal sohibi bo'ldim. Uch kundan so'ng o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlandi va unda 3-o'rinni egalladim. 2019 yilda esa o'smirlar o'rtasidagi so'nggi musobaqalarda men Osiyo chempioni va 2019 yilning eng yaxshi sportchisi bo'ldim, - deya eslaydi Ulug'bek.

2020 yilgi Olimpiada o'yinlari sportchining bir umr yodida qoldi. Va nafaqat sehrli g'alaba tufayli, balki Olimpiya o'yinlari tarixida ilk bor taekvondo bo'yicha besh jangda qatnashishi kerak edi. Ulug'bek Rashitov Tokio - 2020 ning har bir jangda sharaf bilan kurash olib bordi va munosib "oltin"ini qo'lga kiritdi.

International Beverages Tashkent QK MCHJ,
PepsiCo kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy bottleri.


Reklama huquqi asosida

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика