Pepe: "Har kuni bitta maqsad bilan uyg'onaman"
05 noy 2020 03:10
Yangiliklar
Pepe: "Har kuni bitta maqsad bilan uyg'onaman"
"Portu" bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgan Pepe o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men prezidentga va klub rahbariyatiga, shuningdek, murabbiyga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 37 yoshdaman, ammo eng yuqori darajada o'ynay olaman. Klubga yordam berish va uning nomini ommalashtirish uchun yana 2,5 yil vaqtim bor.
Har kuni bir maqsad bilan uyg'onaman, sovrinlarni yutishda davom etmoqchiman. Odatda o'yinchilar 30 yoshga to'lsa, unga qariyadek qarash boshlanadi. Ammo, men shartnomam yakunida 40 yoshda bo'laman. Ehtimol, 42 yoshga qadar o'ynarman", — dedi Pepe klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Pepe "Portu" tarkibiga 2019 yilda kelib qo'shilgan edi. Tajribali himoyachi faoliyati davomida "Real", "Beshintosh" va "Maritimu" jamoalari safida ham to'p tepgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar