Pepe: "Bu besh daqiqa, ortda qolgan ikki yilni o'rnini qopladi"
17 avg 2014 00:30
Yangiliklar
Pepe: "Bu besh daqiqa, ortda qolgan ikki yilni o'rnini qopladi"
Uzoq davom etgan jarohati asta-sekin forig' bo'layotgan futbolchi tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Turin jamoasining so'nggi nazorat o'yinining so'nggi ikki daqiqasida maydonga tushirilgan Simeone Pepe oradan ko'p o'tmay jamoasining g'alaba to'pini yo'llashga muvaffaq bo'lgandi.
Men deyarli yangi futbolchiman. "Yuventus" meni endi sotib olgandek. Men qallig'im va qizchamga katta rahmat aytmoqchiman. Ular meni so'nggi ikki yil ichida qo'llab-quvvatlab kelishdi va o'zimga bo'lgan ishonchni qaytarishda yordam berishdi. SHuningdek o'z oilamdagilardan minnatdorman. Ota-onam va akam menga kerakligicha ko'maklashishdi. Men maydonga tushganimdan keyin Pogbani golida ishtirok etdim. Ko'p o'tmasdan esa g'alaba to'pini kiritdim. Bu men uchun juda katta quvonch bo'ldi. Bu besh daqiqa, ortda qolgan ikki yilni o'rnini qopladi desam mubolag'a bo'lmaydi. Nihoyat hammasi ortda qoldi. Barcha qiyinchiliklar tugaganidan xursandman. Men qachondir maydonga qaytishimga ishonardim va oxiri bu amalga oshdi. Endi men 100 foizga tayyor bo'lishim kerak. Allegri qachon maydonga tush desa men tayyorman. Menga beriladigan har bir kichik imkoniyatdan maksimum tarzda foydalanishim lozim.
Fikrlar