Pep vs Joze, "Siti" vs "Yunayted" (Prevyu)
11 noy 2018 14:54
Yangiliklar
Pep vs Joze, "Siti" vs "Yunayted" (Prevyu)
"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted"
11 noyabr, 21:30, "Etixad", Manchester.
Bosh hakam – Entoni Teylor
Ikki jamoa ham o'yinga yuqori kayfiyat bilan tashrif buyurishmoqda. ECHLning 4-turida "Siti" o'z maydonija "SHaxtyor"ni, "Yunayted" esa safarda "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratdi.
MYU so'nggi 7 turdan buyon gol o'tkazib yubormoqda.
Gvardiola va Mourino jamoalari o'zaro 21 o'yin o'tkazishgan: 9 marta ispaniyalik, 5 marta portugaliyalik g'alabaga erishgan. 7 o'yinda durang qayd etilgan.
Qiziqarli faktlar
Jamoalar o'zaro 176 marta to'qnash kelishgan. 51 marta "Siti", 73 bora "Yunayted" g'alabaga erishgan. 53 o'yinda durang qayd etilgan.
Agarda bugun gol uradigan bo'lsa, Antoni Marsyal MYU tarkibida ketma-ket 5 o'yinda darvozani ishg'ol qilgan 7-futbolchiga aylanishi mumkin. Bunga qadar bunday natijani Kantona, York, Nistelroy, Runi, Ronaldu va van Persi kabi futbolchilar qayd etishgan.
MYU Ser Aleks davridan buyon ilk marta "Etixad"dan ketma-ket ikkinchi mavsum ham g'alaba bilan qaytishi mumkin. Bunday holat bunga qadar 2008 yilning noyabri va 2010 yilning aprelida bo'lgandi.
Aslini olganda, "Siti" APL doirasida "Yunayted"ga qarshi o'tgan so'nggi 3 uy o'yinida g'alabaga erisha olmayapti - 2 mag'lubiyat, 1 durang.
O'tgan mavsum "Etixad"da bo'lgan o'yin
«Siti» 2-3 «Manchester Yunayted»
7 aprel 2018 yil
Bosh hakam: Martin Atkinson.
Gollar: Kompani (25), Gyundogan (30) - Pogba (53, 55), Smolling (69).
Manchester City David Silva - 12', Sergio Aguero - 48', Ilkay Gundogan - 86' |
Premier League . 12-tur 11/11/2018, 20:30 1
:
3
Tugadi
|
Manchester United Anthony Martial - 58' |
Stadion: Etihad Stadium, 54316 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
Fikrlar