So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Pep Tuxel bilan 2-bor finalda to'qnashadi. Oldingi "jang" yodingizdami? Yangiliklar

Pep Tuxel bilan 2-bor finalda to'qnashadi. Oldingi "jang" yodingizdami?

Bir necha soatlardan keyin Evropa CHempionlar Ligasining navbatdagi g'olibi aniq bo'ladi. Qisqasi, bugun final!

Turnirning hal qiluvchi bahsida ingliz jamoalari to'qnashsa-da, maydonda ispan va nemis futbolining o'zaro kurashiga guvoh bo'lamiz. Sababi shundaki, har ikki jamoadagi asosiy figuralar qaysidir yulduz o'yinchilar emas, bosh murabbiylardir. Va ular xalqaro maydonda o'z mamlakatlari futbolining haqiqiy tamsilchilari hisoblanishadi (murabbiy sifatida).

Pep Gvardiola Tomas Tuxel bilan bugun 8-marta to'qnash keladi. Qiziq jihati shundaki, ikkala murabbiy o'rtasida bo'lib o'tgan Bundesligadagi "jang"larda ispanning qo'li baland kelgan bo'lsa...

Bundesliga, 9-tur. 19.10.2013

"Bavariya" 4:1 "Maync"

Bundesliga, 26-tur. 22.03.2014

"Maync" 0:2 "Bavariya"

Bundesliga, 8-tur. 4.10.2015

"Bavariya" 5:1 "Borussiya D"

Bundesliga, 25-tur. 5.03.2016

"Borussiya D" 0:0 "Bavariya"

... "Tumanli Albion"da nesmining omadi chopyapti:

AK, yarim final. 17.04.2021

"CHelsi" 1:0 "Manchester Siti"

APL, 35-tur. 8.05.2021

"Manchester Siti" 1:2 "CHelsi".

SHuningdek, mazkur mutaxassislar bugunga qadar faqat 1 marta finalda to'qnash kelishgan. Germaniya kubogi 2015-2016 yilgi mavsumining hal qiluvchi bahsida Tomasning "Borussiya"si Pepning "Bavariya"sini 120 daqiqada enga bilmagan va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. O'shanda jamoalar quyidagi tarkiblarda maydonga chiqishgan.

"Bavariya": Manuel Noyer, Filipp Lam, Jerom Boateng, David Alaba, Kimmix, Frank Riberi (Kingsli Koman, 108), Arturo Vidal, Duglas Kosta, Tyago Alkantara, Tomas Myuller, Robert Levandovski.

"Borussiya": Roman Byurki, Marsel SHmelcer (Erik Durm, 70), Mats Xummels (Mattias Ginter, 78), Sokratis Papastatopulos, Lukash Pishchek, Genrix Mxitaryan, Gonsalo Kastro (SHinji Kagava, 105), Yulian Vaygl, Sven Bender, Marko Roys, Per-Emerik Obameyang.

Sven Bender va Sokratis Papastatopulosning penaltilar seriyasidagi xatolari "asalarilar" uchun qimmatga tushgandi.

Xullas, Pep bugun germaniyalik hamkasbi bilan 2-bor finalda to'qnashadi. Ushbu "jang"da kimning g'alabasini taxmin qilyapsiz?

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика