Pep "Siti"ning 115ta qoidabuzarligi haqida: "Butun APL bizni jazolashlarini xohlayapti"
14 sen 2024 11:57
Yangiliklar
Pep "Siti"ning 115ta qoidabuzarligi haqida: "Butun APL bizni jazolashlarini xohlayapti"
Pep Gvardiola LaLiga rahbari Xaver Tebas so'zlariga fikr bildirdi.
Tebas "Manchester Siti"ning 115ta qoidabuzarligi haqida quyidagi gaplarni aytgan edi: "APLning ko'plab klublari "shaharliklar"ni jazolash kerak deb hisoblaydi. Ammo "Siti" bir marta CAS tomonidan oqlangan edi".
"Tebas haq bo'lishi mumkin. Premer-liganing barcha jamoalari bizni jazolanishimizni xohlayapti. LaLiga rahbarining so'zlariga birinchi va oxirgi marta qo'shilaman. Ammo zamonaviy demokratiyada adolat bor - shunday ekan, qarorning kuting.
Biz yomon ish qildik deb o'ylamayman. Biz mustaqil komissiyaga yuzlandik va javobni kutamiz" - dedi "Manchester Siti" ustozi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 2009/10 mavsumdan 2017/18 mavsumgacha bo'lgan davrda 115ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanayotgan edi.
Ushbu ish bo'yicha yakuniy qaror 2025 yilning martida elon qilinishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar