So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Pep Gvardiola: “Siti” o'zi istagandek o'ynadi va g'alabaga haqli edi. Ammo “Tottenhem” yo'q joydan vaziyat yarata oladi” Yangiliklar

Pep Gvardiola: “Siti” o'zi istagandek o'ynadi va g'alabaga haqli edi. Ammo “Tottenhem” yo'q joydan vaziyat yarata oladi”

“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 24-turi doirasida “Tottenhem” (3:0)ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz g'alabaga haqli edik. “SHporlar” birinchi bo'lib hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo darvoza ustuni bizni goldan saqlab qoldi. SHunga qaramay biz o'zimiz istagandek o'yin ko'rsata oldik.

“Tottenhem”ni o'ziga xos jihati bor. O'tgan gal ham biz ularga qarshi yaxshi o'ynagandik va 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandik. Londonliklar yo'q joydan vaziyat yaratib, gol kirita olish xususiyatiga ega. Bu ularning va asosan murabbiylarining kuchli tomonlaridan biri desak bo'ladi.

Bizning esa o'zimizga xos uslubimiz bor va shunga mos tarzda harakatlanamiz. Biz sabrli va yana sabrli bo'lishimiz talab etiladi. Xotirjamlik ham muhim.

Penalti belgilangan vaziyatda Ilkayga qo'pollik qilingani ko'rinib turgandi. Buyog'iga Rodri doimiy ravishda penalti tepadimi? Yo'q. Uning jasurligi meni hayratga soladi, ammo bu unin eng yaxshi zarbasi emasdi. Hazillashayotganim yo'q. Penalti tepilayotgan vaziyat meni xavotirlantirdi. “Nuqta”dan zarbalarni haqiqiy mutaxassis amalga oshiradi. U faqat ko'proq bu borada ishlashi kerak.

Agar Ederson va penalti haqida gapiradigan bo'lsam, ko'rdikki u 60-70 metr masofaga aniq to'p uzatib bra oldi. O'ylashimcha, u 11-metrlik zarbalarni golga aylantira oladi”, dedi Gvardiola.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика