Pep Gvardiola: "Portu" ECHLda ushbu mavsumda hali mag'lub bo'lmaganini esdan chiqarmaslik lozim"
21 mar 2015 00:38
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "Portu" ECHLda ushbu mavsumda hali mag'lub bo'lmaganini esdan chiqarmaslik lozim"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ECHL chorak finalidagi raqiblari "Portu" xususida iliq fikrlar bildirib o'tdi.
Bizni juda qiziqarli to'qnashuv kutib turibdi. "Dragau"dagi muhit juda ajoyib tarzda bo'ladi. "Portu" jismonan jihatdan ancha kuchli jamoa sanaladi. Ularning hujum chizig'idagi futbolchilari ancha tezkor. "Portu" yosh jamoa. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ular hali ECHLda ushbu mavsumda birorta mag'lubiyatga uchrashgani yo'q. CHorak finalda oson o'yinlar bo'lmaydi. Biz keyingi bosqichga chiqish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.

Fikrlar