Pep Gvardiola: "Manchester Siti" ECHLda g'olib chiqmasa o'zimni o'ldirmoqchi emasman"
30 sen 2019 19:24
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Manchester Siti" ECHLda g'olib chiqmasa o'zimni o'ldirmoqchi emasman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL doirasida Zagrebning "Dinamo"siga qarshi uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Atalanta" yaxshi futbol o'ynaydi, ular "Yuventus" va "Inter" bilan. "Dinamo" ularni 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Bu bizning ertaga ehtiyotkor bo'lib o'ynashimizga ishoradir. Ha, CHempionlar ligasini yutishni xohlayman. Agar yuta olmasam, bu meni hayotimni o'zgartirmaydi. O'zimni o'ldirmoqchi emasman.
Ha bilaman, muxlislar uchun APL hammasidan muhimroq. Ular birinchi navbatda uchinchi chempionlikni istashadi, keyin esa ECHLdagi ilk chempionlikni.
Haqiqat shundan iboratki, klubimiz avvalari bunday darajada bo'lmagan. "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jamoalari bu erda muntazam o'ynashardi. Barlarda muxlislarimiz mana shu klublarning o'yinlarini tomosha qilishardi. Biz oldinga qadam tashlayapmiz" – deydi Gvardiola.
Fikrlar