Pep Gvardiola: "Futbolchilarni o'ylaydiganlar bormi?!"
27 sen 2020 12:59
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "Futbolchilarni o'ylaydiganlar bormi?!"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelayotgan tig'iz taqvimni tuzayotganlarni tanqid qildi.
"Haqiqat qanday bo'lsa shunday. Bu faqatgina "Manchester Siti"ga emas, barcha davlatlardagi klublaga tegishli. Hech kim futbolchilarni o'ylamaydi. Barcha - APL, UEFA, FA - o'z shaxsiy biznesiga etibor beradi.
Futbolchilarda ikki haftalik mavsumoldi yig'inlar bo'ldi. Endi 11 oy davomida har 3 kunda o'yin o'tkazishimiz kerak. Hech nimani o'zgartira olmaymiz.
Bunday holat barchada - restoranlar, teatrlar, kinozallarda ham bo'lib turibdi. Hammaga hozirda juda qiyin. Biz ham shular jumlasidanmiz. Endi yaxshi, sifatli futbol namoyish qilishni o'ylash kerak.
Termalar o'yinlaridan keyin ko'plab futbolchilar jarohat bilan qaytdi. Biz bu vaziyatni nazorat qila olmayapmiz. Futbolchilar dam olmayapti. Ular robot emas-ku", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar