Pep Gvardiola: "Atletiko" MYUdan 180 daqiqa yaxshiroq o'ynadi"
18 mar 2022 22:54
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Atletiko" MYUdan 180 daqiqa yaxshiroq o'ynadi"
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Atletiko" o'yini haqida gapirdi. Bundan tashqari, o'zining chorak finaldagi raqibi bo'lmish "Atletiko" haqida ham fikr bildirdi.
"Ular "Liverpul", "Portu" va "Milan" o'rin olgan qiyin guruhdan chiqishdi. "Atletiko" MYUdan 180 daqiqa yaxshiroq o'ynadi. Madridda ular juda ajoyib o'yin o'tkazishdi.
"Atletiko"ning asosiy ustunligi - ular siz qanday futbol o'ynashingizga etibor qaratishmaydi. Ularga qarshi o'z o'yiningni ko'rsatish juda qiyin. Ammo biz yarim finalga chiqishni istaymiz. Ishonamanki, ular bizga to'qnash kelishlaridan biroz bezovta bo'lishmoqda", -deydi Xosep Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, ECHL chorak final o'yinlari 5-6 aprel kunlari o'tkaziladi.
Fikrlar