Pep Gvardiola 28 yoshida "yosh bola" bo'lgan ekan

Narzulla Saydullayev
27 may 2023, 08:54
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 1999 yilgi YCHL finalini ko'rganida yosh bola bo'lganini aytdi.

O'sha yil final uchrashuvi "Kamp Nou" stadionida bo'lgan va unda "Manchester Yunayted" so'nggi soniyalardagi ikkita goli evaziga "Bavariya"ni mag'lub etgandi. MYU o'sha mavsum uchta musobaqada g'olib bo'lib, trebl qayd etgandi.

"Trebl haqida Istanbuldagi finalda g'olib bo'lsak ["Inter"ga qarshi YCHL finali] s o'ylay boshlayman, sababi shunda bizning cho'ntagimizda ikkita sovrin bo'ladi. Hozircha shunday deyman: "Bitta sovrin yutganimiz yaxshi va trebl qayd eta olamiz".

Bungacha Britaniya klubi faqat bir bor treblga erishgan. Bu "Manchester Yunayted" edi, "Kamp Nou"da "Bavariya"ni qanday mag'lub etishgani yodingizdami? O'shanda men yosh bola edim", – dedi "Manchester Siti" ustozi.

Takidlash lozimki, Gvardiola 1999 yilda 28 yosh edi va "Barselona" safida o'ynardi. Bundan tashqari, "Barsa" va MYU o'sha mavsum YCHLda bitta guruhda edi, ammo Pep jarohat tufayli bu o'yinlarda maydonga tushmagandi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com