So’nggi yangiliklar

12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  0 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  1 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  4 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  7 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  3 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0

Pentek va boshqalar. A Seriyaning eng yaxshi debyutantlari Yangiliklar

Pentek va boshqalar. A Seriyaning eng yaxshi debyutantlari

Evropa futbolidagi eng shov-shuvli transferni “Yuventus” joriy yilning iyul oyida amalga oshirgandi.

Turinliklar klubiga “Oltin to'p” sohibi Krishtianu Ronaldu o'tdi va darhol yuqori natijalarni qayd eta boshladi. Hozirda portugaliyalikning A Seriyadagi gollar soni 8tani tashkil qilmoqda. Lekin bugun Ronaldu haqida emas, balki Italiyada yaqinda faoliyatini muvaffaqiyatli tarzda boshlagan boshqa futbolchilar haqida suhbatlashamiz.      


Kshishtof Pentek “Jenoa”  9ta gol

“Krakoviya” hujumchisi genuyaliklar klubiga o'tganidanoq o'zini yaxshi ko'rsatoldi. Italiya Kubokidagi birinchi rasmiy o'yinda poker amalga oshirdi. Pentek A Seriyada muntazam gol urdi. SHunday so'ng, uni Robert Levandovskiy bilan taqqoslay boshlashdi.

Pentekning o'ziga hos jihati shundaki, u turli xil vaziyatlarda ham gol ura oladi. So'nggi paytlarda klubi quyi pog'onaga tushib ketishi mumkinligidan qayg'urmoqda. Kshishtof 5ta turdan beri gol urayotgani yo'q. Lekin shunga qaramay, u etakchi bo'lib kelmoqda. Hattoki, uni sotib olish umidida yurgan klublar soni ham kundan-kunga oshib bormoqda.


Stiven Nzonzi “Roma” 1ta gol

Tajribali futbolchilarni klubga olib kelish “Roma” sport direktori Monchining vazifasiga kirmaydi. Lekin “Sevilya”ning tayanch yarim himoyachisi uchun bu istisno holat bo'ldi. “Roma”ga haqiqiy o'yinchi zarur edi. JCH-2018 g'olibi bo'lmish Franciya termasidagi Nzonzi aynan ular izlagan xavbek bo'la oldi.

Stiven ulkan gavdasi bilan yakka kurashda ko'pincha g'oliblar qatorida bo'ladi. Di Franchesko o'yinchilarning o'rnini ko'proq almashtirish tarafdori. Nzonzi so'nggi paytlarda biroz beparvolik bilan maydonga tushayapti. Biroq, u kundan-kunga bosh murabbiyning talablari va Italiya futbolining o'ziga xos xususiyatlariga ko'nikib bormoqda. SHunday ekan, navbatdagi o'yinlarda uni yana ham kuchli o'yinchi sifatida ko'rishimiz mumkin.  


Alban Lafon “Fiorentina”

Franciyalik darvozabon endigina 19 yoshga to'ldi. SHunga qaramay, u “Tuluza” tarkibida 1-Liganing 3ta mavsumida ishtirok etdi. U CIES reytingidagi yosh futbolchilar orasida Donnarummadan keyingi ikkinchi o'rinni egallagan. Bu mavsumdagi natijalari bilan italiyalikni ham ortda qoldirib ketishi hech gapmas.

SHunday iqtidor sohibini atigi 8,5 million evroga xarid qilish “Fiorentina” uchun mo'jiza bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ammo, Lafon Florenciyada uzoq qolmasligi aniq. Malumotlarga qaraganda, “Inter” Xandanovichning o'rniga uni sotib olish niyatida yuribdi. Lafon darvozani ishg'ol etishlaridan jamoani ikki marotaba saqlab qoldi. Uning o'tkir zehni esa bosim bilan kurashishiga yordam bermoqda.


Fabian Ruis “Napoli” 2ta gol

“Betis”ning sobiq yarim himoyachisi Jorjinoning o'rniga keladi deb tahmin qilingandi. Ammo ular umuman boshqa-boshqa o'yinchilar, buni tan olish kerak. Fabian poziciyasidan Marek Gamshikni ko'proq yodga soladi.

Ruis jamoaga endi kelganida Anchelottining talab va shartlariga ko'nikishi biroz qiyin kechdi. SHuning uchun, avvaliga zaxira o'rindig'ida o'tirdi. Lekin maydonga tushganidan keyin yuqori ko'rsatkich qayd etdi. Ispaniyalik jismoniy tayyorgarligi yaxshi ekani va to'p bilan ajoyib harakatlana olishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ruis Neapolga endi ko'nikyapti. Lekin shunga qaramay, "Napoli" u uchun 30 million evroni bekorga to'lagani yo'q deb aytish mumkin.


Federiko Santander “Bolonya” 4ta gol

Paragvaylik yana bir gavdali hujumchi Evropada ilk bora 2010 yilda faoliyat yuritgan. O'sha paytda u “Tuluza” tarkibida 5ta gol urgan. Lekin ko'p o'tmay yana yurtiga qaytib ketgan. Ammo ikkinchi urinish muvaffaqiyatli chiqdi. Santander “Kopengagen” tarkibida uch yil mobaynida to'p surib, 38ta gol urdi va “Bolonya” skautlarining etiboriga tushdi.

Taxallusi “shkaf” bo'lgan Federiko darhol asosiy tarkibda o'ynay boshladi. “Bolonya”  hujumchilari to'pni sheriklariga oshirib o'ynash uslubiga amal qiladi. Bu esa Santanderga qo'l kelib, u buni alo darajada uddalamoqda. Forvard “Roma” darvozasiga gol urganidan so'ng, muxlislarning muhabbatiga sazovor bo'ldi.


Franchesko Kaputo “Empoli” 6ta gol

Hujumchi ikki mavsum o'rtasida klubini o'zgartirmagandi. Lekin shunda ham, A Seriyaning eng yaxshi debyutantlaridan biri bo'loldi. Kaputo o'zining butun faoliyati davomida Italiyaning quyi Ligasida ishtirok etgan. Ammo so'nggi paytlarda o'zini yaxshi namoyon qilolgani uchun yuqori pog'onaga ko'tarilmoqda. U hattoki janjallar tufayli kelishilgan o'yinlardan chetlashtirilgandi.

Ko'pchilik Roberto Manchiniga uni terma jamoaga chaqirish taklifini bildirmoqda. Sababi, Kaputo eng qiyin o'yinlarda ham gol urishga harakat qiladi. Masalan, u “Yuventus” va “Napoli” darvozalarini ham ishg'ol qilolgandi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика