Pentek 17 ta o'yinda 17 ta gol urdi
10 dek 2018 07:14
Yangiliklar
Pentek 17 ta o'yinda 17 ta gol urdi
“Jenoa” A Seriyaning 15-turida SPAL bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
“Jenoa”ning uchrashuvdagi yagona goliga 38-daqiqada polshalik 23 yoshli hujumchi Kshishtof Pentek mualliflik qildi.
Natijada Pentekning joriy mavsum “Jenoa” safida kiritgan gollari soni 17 taga etdi. Qayd etish joiz, u klub safida joriy mavsumda 17 ta o'yin o'tkazdi. Hujumchi A Seriyaning 15 ta o'yinida 11 ta, Italiya Kubogining 2 ta o'yinida esa 6 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar