Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev U-23 jamoasi haqida fikr bildirdilar
17 may 07:40
Yangiliklar
Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev U-23 jamoasi haqida fikr bildirdilar
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev O'zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi U-23 finalidagi mag'lubiyati va ilk bor Olimpiadaga yo'llanma olgani haqida fikr bildirdilar.
«Bilasizlarmi? Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning o'rniga o'zim bo'lsam, deymanda. Nimaga bunday bo'lishi kerak ekana, bittagina to'pa? SHunday ajoyib o'yin ko'rsatdi, ularning ko'pi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim.
Endi biz ham darrov chempion bo'lamiz deymizda. Biz birinchi marta jamoaviy turda Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdik. Bu ham katta yutug'imiz.
Futbol ham oson ish emas. Hozirda 5-6 ta nafar futbolchimiz dunyoga mashhur jamoalarda to'p surmoqda. Bundan esa men faxrlanaman», — dedi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.