Pellisse "Roma"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
07 fev 2019 12:10
Yangiliklar


Pellisse "Roma"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
"Kevo" hujumchisi Serdjo Pellisse ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuvda ishtirok etolmaydi.
39 yoshli forvard Italiya chempionati "Empoli"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi. Unga o'ng oyog'i shikastlangan deb tashhis qo'yishdi. "Kevo" rasmiy sayti xabar berishicha, 8 fevral kuni bo'lib o'tadigan o'yinda hujumchi maydonga tushmaydi.
A Seriyaning joriy mavsumida Pellisse "Kevo" tarkibida 14 uchrashuvda ishtirok etib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar