Italiya prezidenti Evro-2020 finaliga tashrif buyuradi
08 iyu 2021 22:20
Yangiliklar
Italiya prezidenti Evro-2020 finaliga tashrif buyuradi
Italiya prezidenti Serdjo Mattarella Evro-2020 finalini stadiondan turib kuzatadi.
Sky Sports Italia nashrining xabar berishicha, 79 yoshli prezident final kuni "Uembli"da bo'ladi.
Takidlash joizki, davlat rahbarining stadionlarga tashrifi Italiya termasiga omad keltirib kelgan. JCH-1982 finalini Alessandro Pertini jonli tomosha qilgandi va o'shanda Italiya jahon chempioni bo'lgandi. 2006 yilgi mundial finalida esa Jorjo Napolitano Italiya o'yiniga tashrif buyurgandi. O'sha safar ham Italiya dunyoda tengsiz ekanligini isbotlagan.
Fikrlar