Pellegrini: "Umid qilamanki, Lempard mavsum oxirigacha biz bilan qoladi"
Narzulla Saydullayev
13 dek 2014, 10:00
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini yarim himoyachi Frenk Lempardni mavsum oxirigacha jamoada olib qolmoqchi.
"Frenk biz uchun juda muhim o'yinchi. Oldinda hali juda og'ir o'yinlar bor, uning bizga yordami kerak. Umid qilamanki, Lempard mavsum oxirigacha safimizda qolishiga hech qanday to'siq bo'lmaydi", - deydi Pellegrini.