Pellegrini "Tottenxem" o'yinchisiga aylanishi mumkin
16 iyu 2021 16:04
Yangiliklar
Pellegrini "Tottenxem" o'yinchisiga aylanishi mumkin
"Roma" xavbeki Lorenco Pellegrini APLga yo'l olishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu qiziqish bildirmoqda. Lorenco "shporlar" safida portugaliyalik murabbiy transferga qo'ygan Mussa Sissokoning o'rnini egallaydi.
Pellegrini 2017 yilning yozidan beri Rim klubida o'ynaydi. 25 yoshli o'yinchining shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar