So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Pellegrini: "Silva tayyor emas va "Norvich"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi" Yangiliklar

Pellegrini: "Silva tayyor emas va "Norvich"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Norvich"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa futbolchilarining holati haqida so'zlab berdi.

"Sabaletada jarohat bor, ammo o'tgan safardagidek jiddiy emas. Yaqinda xalqaro tanaffus bo'ladi va shundan so'ng Pablo safga qaytadi. Silvani bu o'yin uchun qaydnomaga kiritmadik, u tayyor emas. Delf va Klishi kelasi haftada safga qaytadi. Xalqaro uchrashuvlar tanaffusidan so'ng barcha futbolchilar safga qaytadi degan umiddaman.

Ixenacho o'ynaydimi? Kelechining o'yini shunday bo'lishini kutgan edim, chunki u bilan har kuni ishlayman. O'tgan uchrashuvda u yaxshi ishtirok etganidan mamnunman, ammo doimo shunday bo'lishi lozim. Jamoamizning asosiy tarkibidan joy olish oson emas, bizda Kun va David darajasidagi bir qancha futbolchilarimiz bor, lekin hozir ular maydonga tusha olmaydi. Hammasi yigitlarning o'ziga bog'liq.

"Norvich"ga qarshi avvalgi o'yinlarni esga olishdan foyda yo'q: Biz yangi uslubda o'ynaydigan yangi futbolchilarga ega boshqa jamoa bilan uchrashamiz. "Sevilya" haqida o'ylayotganimiz yo'q. Biz turnir jadvalidagi birinchi o'rinni saqlab qolishimiz kerak. "Norvich"ga qarshi bahsdan so'ng "Sevilya" bilan kim o'ynashini aniqlaymiz" - deydi Pellegrini.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика