Pellegrini: "Bu mavsumni "Manchester Siti" uchun omadsiz o'tdi deb bo'lmaydi"
23 may 2015 10:44
Yangiliklar


Pellegrini: "Bu mavsumni "Manchester Siti" uchun omadsiz o'tdi deb bo'lmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini mavsum natijalariga baho berdi.
"Mavsumni muvaffaqiyatli deb bo'lmaydi: biz birorta ham sovringa ega chiqmadik. Ammo omadsiz o'tdi deb bo'lmaydi. Ingliz Premer-ligasida kamida 5 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi. Agar birinchi o'rinni egallay olmasang, ikkinchiga harakat qilish kerak.
Ketma-ket ikkinchi mavsum CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz katta muvaffaqiyat. Omadimiz kelmadi, chunki "Barselona"ga qarshi ketma-ket ikki yil o'ynadik. Biz kuchimiz boricha kurashdik, ammo raqibni enga olmadik" - deydi murabbiy.

Fikrlar