Pelle: "De Xeaga mo'jiza ko'rsatding dedim va kulishdik"
28 iyu 2016 04:11
Yangiliklar
Pelle: "De Xeaga mo'jiza ko'rsatding dedim va kulishdik"
Italiya terma jamoasi hujumchisi Graciano Pelle Ispaniyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
"Italiya terma jamoasi faqat himoyadan tashkil topmaganini isbotladik. Biz bir butunmiz va shu asosiysi. G'alaba qozonish uchun ko'p ishlashimiz kerakligini bilardik.
Uchrashuv oxirida gol urish yoqimli, ammo birinchi bo'limda o'z hisobimga gol yozdirib qo'yishim mumkin edi. David de Xea mo'jiza ko'rsatdi va bu haqida uning o'ziga aytdim va kulishib oldik" - deydi Pelle.
Fikrlar