Pelening ismi Braziliyadagi portugal tili lug'atiga kiritildi. Bu so'z "tanho", "beqiyos" degan manolarni anglatadi
28 apr 2023 00:32
Yangiliklar
Pelening ismi Braziliyadagi portugal tili lug'atiga kiritildi. Bu so'z "tanho", "beqiyos" degan manolarni anglatadi
Manbaning xabariga ko'ra, afsonaviy braziliyalik futbolchining nomi Braziliyadagi portugal tilining Michaelis lug'atiga kiritilgan. Yangi lug'at chorshanba kuni Pakaembu sammitida rasman namoyish etiladi.
"Pele — o'z fazilati, qadr-qimmati yoki ustunligi bilan hech kim yoki hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydigan g'ayrioddiy inson.
Ushbu atama so'z barcha davrlarning eng buyuk sportchisi hisoblangan Edson Arantis du Nascimentu (1940–2022)ning laqabidan olingan bo'lib, "tanho", "beqiyos", "noyob" manolarini anglatadi.
Misollar: “U basketbolning Pelesi, u tennis Pelesi, u Braziliya dramaturgiyasining Pelesi, u tibbiyotning Pelesi", — deyiladi izohda.
Aprel oyi boshida Pele fondi Sportv bilan hamkorlikda Braziliya terma jamoasi bilan uch karra jahon chempioni xotirasiga hurmat bajo keltirish kampaniyasini boshlagan edi. Pele ismini izohli lug'atga kiritish taklifi 100 mingdan ortiq imzo to'plagan.
Fikrlar