Pele vafot etdi
30 dek 2022 00:01
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Pele hayotdan ko'z yumdi. Pele anchadan beri yo'g'on ichak saratoni bilan kurashib kelayotgandi. Oxirgi kunlarda u olayotgan kimyo terapiya natijaga bermay qo'ygandi. Bugun esa sobiq futbolchi favot etdi.
Pele – futbol tarixidagi yagona uch marta Jahon chempioni bo'lgan futbolchi hisoblanadi (1958, 1962 va 1970 yillar). Braziliya terma jamoasi uchun sobiq futbolchi 92 o'yinda 77 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar