Pele: "To'liq oyoqqa turdim va Braziliya terma jamoasida o'ynashga tayyorman"
10 dek 2014 18:29
Yangiliklar


Pele: "To'liq oyoqqa turdim va Braziliya terma jamoasida o'ynashga tayyorman"
Braziliyalik afsonaviy futbolchi, yaqinda Albert Eynshteyn nomidagi kasalxonani tark etgan Pele o'z ahvoli haqida izoh berdi.
Afsonaviy futbolchi kasallik tufayli ikki haftani klinikada o'tkazdi.
"Men to'liq tuzaldim va Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada Braziliya terma jamoasi uchun o'ynashga tayyorman!
Menga yordam bergan shifokorlardan minnatdorman, bu haqiqiy jang bo'ldi. Mendan havotirlangan do'stlarimga ham rahmat aytaman. Men Xitoy, Pokiston va Evropaning deyarli barcha mamlakatlaridan xatlar oldim" - deydi Pele.

Fikrlar