Pele: “Mbappe, tabriklayman. 19 yoshda JCH pley-offida 2ta gol urish hammaga ham emas!”
01 iyu 2018 09:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/440803_original.jpg)
![](/upload/storage/440803_220.jpg)
Pele: “Mbappe, tabriklayman. 19 yoshda JCH pley-offida 2ta gol urish hammaga ham emas!”
Futbol afsonasi Pele Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening kechagi Argentinaga qarshi kechgan uchrashuvdagi harakatlarini maqtadi.
“Tabriklayman, Mbappe. Bunday yoshda JCH pley-offining muhim uchrashuvida 2ta gol kiritish ajoyib natija. Bu hammaga ham nasib etavermaydi. Qolgan o'yinlarda ham senga omad tilayman, faqat Braziliya bilan ehtimolli uchrashuv bundan mustasno!”, - dedi Pele.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasining 19 yoshli yulduzi kecha Argentina bilan bo'lib o'tgan (4:3) JCH-2018 1/8 final doirasidagi uchrashuvda dublga erishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar