Pele: “Mbappe, tabriklayman. 19 yoshda JCH pley-offida 2ta gol urish hammaga ham emas!”

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2018
Futbol afsonasi Pele Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening kechagi Argentinaga qarshi kechgan uchrashuvdagi harakatlarini maqtadi.

“Tabriklayman, Mbappe. Bunday yoshda JCH pley-offining muhim uchrashuvida 2ta gol kiritish ajoyib natija. Bu hammaga ham nasib etavermaydi. Qolgan o'yinlarda ham senga omad tilayman, faqat Braziliya bilan ehtimolli uchrashuv bundan mustasno!”, - dedi Pele.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasining 19 yoshli yulduzi kecha Argentina bilan bo'lib o'tgan (4:3) JCH-2018 1/8 final doirasidagi uchrashuvda dublga erishgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: