So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Pedroni APLda ishlari yurishib ketadimi? Yangiliklar

Pedroni APLda ishlari yurishib ketadimi?

Teglar :  PedroCHelsi
“Ruxsor” radiosi “Futbol kundaligi” dasturining navbatdagi nishoni: "CHelsi” futbolchisi Pedro Rodriges!

“Barselona” sobiq futbolchisi Pedro Rodriges yangi mavsumni “CHelsi” libosida boshlaydigan bo'ldi. “Barsa” Evropadagi eng saviyali va iqtidorli hujumchilardan birini boshqa jamoaga qo'yib yuborishi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi. CHunki Pedro mavsum oldidan bo'lib o'tgan ko'plab o'yinlarda maydonga chiqib o'zini yaxshi taraflama ko'rsatdi, gollar urdi. O'zini Messi, Suares va Neymar kabi ijrochilardan kam emasligini isbotlashga harakat qildi. Lekin bitta jamoa uchun 4 ta yulduz hujumchi ko'plik qilishiin tushungan Evropaning boshqa grand klublari Pedroni xarid qilish yo'llarini izlashdi.

Xullas, katta muzokaralar boshlandi, OAV uchun esa yaxshigina mavzu topildi. “MYU”ni Di Mariya tark etgach, ingliz klubi Pedro uchun kurashib ko'rdi. “Barselona” va “MYU” o'rtasidagi muzokaralar bora-bora shunday ko'rinish oldiki, ko'pchilik Pedroni “qizil iblislar” safiga qo'shilishi to'liq ishondi. Afsuski, tomonlar narx borasida bir-birilari bilan kelisha olishmadi. Bu orada “CHelsi” ham hujumchi uchun kurashda faol bo'layotgani haqida xabarlar tarqaldi va lekin ushbu yangiliklar ishonchsizdek tuyuldi. CHunki Van Gal Pedro uchun ancha vaqtdan beri harakat qilayotgandi. Xullas, umumiy qilib aytgan “CHelsi” Pedroni ilib ketdi ! Bilishimiz bo'yicha, “CHelsi” jamoasi rahbarlari “Barselona”ga dangal narxni aytishgan va uzoq muzokaralardan charchagan kataloniyaliklar Perdoni London jamoasiga ketishiga rozi bo'lishdi. Endi masalaning boshqa tarafi: Qo'pol bo'lsada, aytishga to'g'ri keladi. “CHelsi”– hujumchilar qabristoni.


Bu jamoa zaxira o'rindiqlari ne-ne yulduzlarni so'nishiga sabab bo'lganini juda yaxshi bilamiz. Bos ustiga, Joze Mourinoning taktikasi hammaga kundek ravshan. Portugaliyalik murabbiy ko'pincha bitta hujumchi bilan mavsum o'tkazadi. Faqat bitta hujumchiga, butun mavsum davomida ishonch bildiradi. Agar murabbiyning sevimli futbolchisi bilan biron muamo chiqib qolmasa, qolgan hujumchilar butun mavsumni zahirada kuzatishlariga to'g'ri keladi. O'tgan mavsumda Diego Kosta Jozening asosiy quroli aylandi. Drogba esa zahirada o'tirishni istama va vaqtida juftakni rostladi. Endi bu yil qanday holat bo'ladi ? Mourinoda 3 ta variant: Diego Kosta, Radamel Falkao va Pedro Rodriges... Qiziq, kim mavsumni zahirada kuzatadi ? Hammasi ayonki, mazkur hujumchilar o'rtasida katta raqobat kechadi.

Hojiakbar Jabborov.

(Malumot o'rnida “Futbol kundaligi” dasturi “Ruxsor” FM radiosida xar kuni soat 13:30, 17:30 va 20:30da efirga uzatiladi)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика