Pedro Mourinyu rejalariga kirmayapti. Futbolchi "Roma"ni tark etishi mumkin
23 iyu 2021 00:52
Yangiliklar
Pedro Mourinyu rejalariga kirmayapti. Futbolchi "Roma"ni tark etishi mumkin
Yarim himoyachi Pedro "Roma"ni tark etishi mumkin.
Sky Sports Italia nashrining xabar berishicha, 33 yoshli ispaniyalik futbolchi "Roma"ning yangi murabbiyi Joze Mourinyu rejalariga kirmayapti. Futbolchining shartnomasi yakuniga etishiga yana ikki yil bor. Pedro "Roma"da yiliga 3 million evro maosh oladi. Pedro yangi klub topishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi o'tgan mavsumda A Seriya doirasida 27 o'yin o'tkazib 5 ta gol urishga erishgandi.
Fikrlar