So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

"Paxtakor"ning yangi asr boshida Namangandagi tarixiy g'alabasini yodga olamiz Yangiliklar

"Paxtakor"ning yangi asr boshida Namangandagi tarixiy g'alabasini yodga olamiz

Teglar :  NavbahorPaxtakor
"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi super qarama-qarshilikka aylanganiga bir yoki ikki yil bo'lgani yo'q.

Ichki chempionat uchrashuvlari o'tkazilishi boshlangan yildan buyon ular o'rtasidagi o'yinlar har qanday bahsdan ustun bo'lib kelgan. "Paxtakor"ning Namangandan uch ochko bilan qaytishi XXI asrgacha mushkul vazifa bo'lib kelgan. "SHerlar" esa bu borada ananaga 2001 yilgi mavsumda chek qo'ya olishganini ko'rishimiz mumkin. 

17.05.1992. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:1

21.09.1993.  "Navbahor" - "Paxtakor" 2:1

23.10.1994.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:1

31.05.1995.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

11.06.1996.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

01.11.1997.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

18.03.1998.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

02.10.1999.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:0

24.05.2000.  "Navbahor" - "Paxtakor" 2:0

03.04.2001.  "Navbahor" - "Paxtakor" 0:1

Uchrashuvdagi yagona g'alaba golini Bahodir Seytkamolov urgan. Futbolchi o'sha mavsum terma jamoa libosida ham muvaffaqiyatli o'yinlar o'tkazgan, "Merdeka" kubogi musobaqasida porlagan edi. 

O'sha mavsum yakunida "Navbahor" 18ta jamoa orasida 4-o'rinni qo'lga kiritgan. "Paxtakor" esa kumush medallariga ega chiqqandi. "Neftchi" esa hozirgacha so'nggi bo'lib turgan chempionlikni tantana qilgan. 

"Navbahor" hujumchisi SHuhrat Mirxoldirshoev 23ta gol bilan to'purarlar poygasida uchinchi bo'lgan. 

Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi JCH-2002 saralash bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 


NAVBAHOR - PAXTAKOR 0:1

03.04.2001. 4-tur, 31000 tomoshabin. 

Gol: Bahodir Seytkamolov 

"Navbahor": Dmitriy Bashkevich, Rashid G'ofurov, Saydullo Tursunov, Xayrullo Karimov, Andrey Zaxarov, Server Jeparov, Toxir Madrahimov, Dmitriy Kapanidze, Sanjar Asqaraliev, Vyacheslav Zaporojchenko, SHuhrat Mirxoldishoev (Ulug'bek Mirxoldirshoev)

"Paxtakor": Oleg Belyakov, Qayrat O'taboev, Konstantin Sosenko, Gennadiy SHaripov, Leonid Koshelev (Aleksey Jdanov, 60), Vladimir Baranov, Andrey Vlasichev, Bahodir Seytkamolov, SHuhrat Rahmonqulov, Muxtor Qurbonov, Nematullo Kuttiboev (Ulug'bek Asanbaev, 78)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика