So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

"Paxtakor"ning sobiq va afsonaviy darvozaboni Yuriy Pshenichnikov bilan suhbat Yangiliklar

"Paxtakor"ning sobiq va afsonaviy darvozaboni Yuriy Pshenichnikov bilan suhbat

Aqlga sig'maydi, lekin 60-yillarda Yashin va Kavazashvililar bilan birga Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan Yuriy Pshenichnikov ham terma jamoaga taklif etiladi.

U 30 yoshida CSKA safida chempion bo'lgan. O'z vaqtida esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida ham yulduzli onlarini o'tkazgan. So'ngra yoshlar bilan ishlab Igor Akinfeev kabi darvozabonlarning porlab chiqishiga o'z hissasini qo'shgan. Rossiyalik hamkasblarimiz sobiq posbonning tug'ilgan kunida, yani u 75 yoshni qarshi olgan kuni suhbatlashishga muvaffaq bo'lishdi.


-   Men ikkinchi iyunda tug'ilganman. Tug'ilganlik haqidagi guvohnomamga rim raqamidagi II belgisini qo'yishgan. Lekin, o'sha belgilarning tagiga va ustiga chizishni unutib qo'yishgan. Pasport olganimda esa 11 iyunni tug'ilgan kunim sifatida yozib qo'yishgan. SHu sababli, tug'ilgan sanamni ikkinchidan o'n birinchigacha nishonlayveraman.

Siz Toshkentda tug'ilgansiz. Ota-onangiz qay tariqa u erga borib qolishgan?

Otam toshkentlik. Frontga ketgan va qaytib kelmagan. SHu sababli, “Paxtakor”da maydonga tushishimdan oldin muammolar bo'lgan. “Sening otang dom-daraksiz yo'q bo'lib ketgan, qanday qilib seni maydonga tushiramiz?”
Biroq, baribir maydonga tushganman. Dastlabki o'yinlardan birida “Zenit”ni qabul qilib, 0:5 hisobida mag'ubiyatga uchraganmiz. SHu gollardan uchtasini o'z himoyachilarimiz kiritishgan.

Uchta avtogol?

Ha, Suyunov ikkita va Semenov. Menimcha, bundan xet-trik futbol tarixida umuman bo'lmagan.  SHuningdek, “Zenit”ga bog'liq yana bir xotira qolgan. CSKAda o'ynab yurgan vaqtimda o'yin kuni tushlik qilish uchun restoranga kirgandim. O'shanda menga aynib qolgan ovqat berishgan ekan. Bu esa kechki payt o'yin vaqtida menga qattiq halal bergan. Qo'l va oyoqlarimni qimirlata olmay qolganman. O'sha o'yinda ham 0:5 hisobida yutqazgandik. 


“Paxtakor”dagi faoliyatingizni kim boshchiligida boshlagansiz?

Aleksandr Andreevich Keller ismli kelib chiqishni nemis bo'lgan murabbiy bo'lardi.
Bizda yana Mixail Anning akasi Dima An ham o'ynardi. U Motorin bilan birga mashg'ulotlar vaqtida juda ko'p hazil qilardi.

Siz kim bilan hazillashardingiz?
Himoyachi Ulug'bek Kari-Yakubov bilan. Unga: “Avval ot tezlik oladi, keyin esa Ulug'bek o'q uzadi” deb hazil qilardim.
Toshkentda 1966 yilgi zilzila haqida...
O'sha kuni Minskning “Dinamo”si bilan o'ynagandik. Maydondagi futbolchilar zilzilalarni sezmasdilar. Men esa sezgandim. Tanaffusda “Dinamo” posboni Adamov: “Tezroq ketishimiz kerak bu erdan”. “Yutqazing va ketavering”. O'yin 1:0 hisobida bizning foydamizga yakunlandi. Zilzila tufayli yong'inlar boshlandi. Osmon qop-qora, itlar akillardi... SHahar markazida loydan qurilgan barcha uylar qulab tushgandi.

“Paxtakor”da Mixail Yakushin bilan o'ynagansiz. U bilan bog'liq qanday xotiralar qolgan?

U “Paxtakor”ni qabul qilib olganidan so'ng “Qizil-O'zbekiston” kolxozi bilan ishlay boshlaganmiz. O'sha payt, g'alaba uchun 80 rubl, durang uchun esa 40 rubldan olardik.
Yakushin qo'l ostida terma jamoada ham o'ynaganman. O'shanda Evro-1968da ishtirok etgandik. 



CHet elga birinchi marotaba terma jamoa safida borganmisiz?
Yo'q. “Paxtakor” va toshkentlik kurashchilar bilan. Afg'onistonga borgandik. U erda 300 yil orqaga tushib qolgandek bo'lganmiz.
Terma jamoa bilan esa birinchi marotaba Yugoslaviyaga borganmiz.

CSKAga sizni kim taklif etgan?
Vsevolod Bobrov ismli murabbiy. O'shanda Rashidov mendan nima uchun CSKAga ketmoqchi ekanligimni so'ragandi. Men esa: “Menga shunday deyishdi, agar terma jamoada o'ynashni istasang biz seni oldinga Toshkentga borib yurmasligimiz uchun sen Moskvaga kel”.
SHuningdek, Toshkentda Edik Avanesov ismli jurnalist bo'lardi. Bir marta undan so'raganman: “Men qanday zarbalarni qaytarib qolaman, siz esa nimagadir to'p ustunga tegdi yoki zarba noaniq ketdi degan gaplarni yozasizlar?”. Javob esa quyidagicha bo'lgan: “Seni Toshkentdan olib ketmasliklari uchun ko'p maqtab yuborish taqiqlangan”...

(Davomi bor...)

sports.ru saytidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика