"Paxtakor"ning sobiq hujumchisi Qozog'iston klubida ko'rikdan o'ta olmadi
10 fev 2014 18:59
Yangiliklar


"Paxtakor"ning sobiq hujumchisi Qozog'iston klubida ko'rikdan o'ta olmadi
Makedoniyalik hujumchi Dushan Savich o'rtoqlik uchrashuvida gol urgan bo'lsa ham Kayrat jamoasi murabbiylar shtabini qoniqtirmadi.
28 yoshli Savich Qozog'istonning Kayrat klubi ko'rigida bo'ldi va Universitati jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etib, gol kiritishga ham muvaffaq bo'ldi. SHunga qaramay, u jamoaning keyingi o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmasa kerak.
Bungacha Dushan Makedoniyaning Belasica, Pobeda, Vardar, Rabotnichki jamoalari sharafini himoya qilgan, Koreyaning Inchxon Yunayted, Ruminiyaning Brashov, Toshkentning Paxtakor va Ukrainaning Volin klublarida faoliyat olib borgan.
Savichning oxirgi jamoasi Goverla hisoblanadi. Makedoniya termasi safida 9ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar