"Paxtakor"ning sobiq futbolchisi hayotdan ko'z yumdi
23 apr 2020 00:17
Yangiliklar
"Paxtakor"ning sobiq futbolchisi hayotdan ko'z yumdi
SHu munosabat bilan klub matbuot xizmati marhumning yaqinlariga taziya bildirdi.
U 1938 yil 5 avgust kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. "Paxtakor" tarkibida 4 mavsum davomida, 1961-64 yillarda o'ynagan. CHempionat uchrashuvlarida 64 bahsda 4 gol muallifiga aylangan. Himoyadagi ishonchli o'yinlari sababli muxlislarning sevimli futbolchilaridan biriga aylangan va SSSR olimpiya terma jamoasi murabbiylari etiborini tortgan. 1962 yil oliy ligada 6-pog'ona egallangan mavsumda barcha bellashuvlarda maydonga tushgan. 1963 yil Toshkentda Yaponiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida g'alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylangan.

Uning butun hayoti futbol bilan bog'liq bo'ldi. Hayotining oxirgi yillarida turli tadbirlarda ishtirok etib, futbolning ommaviyligi uchun o'z hissasini qo'shdi. Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan "Paxtakor" futbol klubi uning oilasi, yaqinlari va do'stlariga taziyasini bildiradi. Uning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar