So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  0 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  3 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  10 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  1 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  7 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  20 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  4 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  65 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  14 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  24 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  50

"Paxtakor"ning raqibi "Al Rayyan" haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

"Paxtakor"ning raqibi "Al Rayyan" haqida nimalarni bilishimiz kerak?

"Paxtakor" jamoasi 5 noyabr kuni OFK Elit CHempionlar ligasi 4-tur doirasida Qatarning "Al Rayyan" jamoasini qabul qiladi. "Al Rayyan" jamoasi bilan batafsilroq tanishamiz.

Qatarning "Al Rayyan" klubi 1967 yili tashkil etilgan va uy uchrashuvlarini zamonaviy "Ahmad Bin Ali" stadionida o'tkazadi. Klub uz tarixida sakkiz marotaba Qatar chempioni bo'lgan, olti bor Qatar Amiri Kubogi, to'rt marta Qatar Kubogi va besh marotaba "SHayh Jassim Kubogi"ni qo'lga kiritgan. Jamoa o'tgan mavsum "Qatar Yulduzlar Ligasi"da kumush medallarni qo'lga kiritgan.


O'zbek klublariga qarshi to'qnashuvlar

"Al Rayyan" o'z tarixida 12 mavsumda Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etgan. Osiyo chempionlar ligasining 2012 yilgi mavsumida "Nasaf" Qatar klubi bilan bir guruhdan o'rin olgan va jamoalar o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan. Dohada o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda "Al Rayyan" 3:1 hisobida g'alaba qozongan. "Nasaf" safidagi yagona golga Ilhom SHomurodov mualliflik qilgan. Qarshida o'tkazilgan bahsda ham qatarliklar Tabataning goli evaziga g'alabani ilib ketishgan.

03.04.2012.

"Al-Rayyan" - "Nasaf" 3:1

Gollar: Tabata 9', SHomurodov 58', Gumu 65', Alaydinn 88'.

Nasaf: Murod Zuhurov, SHerzod Azamov, Boyan Malishich, Jahongir Jiyamurodov, Botir Qoraev, Erkin Boydullaev, Fozil Musaev, Andrey Perepletkin, Mirzakamol Kamolov, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov.


18.04.2012

"Nasaf" - "Al Rayyan" 0:1

Gollar: Tabata 62'.

Nasaf: G'ayrat Hasanov, Maqsud Karimov, Boyan Malishich, Jahongir Jiyanmurodov, Botir Qoraev, Erkin Boydullaev, Fozil Musaev, Andrey Perepletkin, Artur Gevorkyan, Nosir Otaqo'ziev, Ilhom SHomurodov.

2019 yilgi mavsumning guruh bosqichida esa "Lokomotiv" ushbu jamoa bilan to'qnash kelgan. Safarda o'tgan 2-tur uchrashuvida "Al Rayyan" "temiryo'lchilar"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Toshkentda o'tkazilgan o'yinda Qatar jamoasi 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

11.03.2019

OCHL-2019. "B" guruhi, 2-tur.

"Al Rayyan" - "Lokomotiv" 2:1

Gollar: Lukka (38), Rivas (58) - Diyorjon Turopov (4).

"Al Rayyan": 1. Fahad Yunis, 2.Muhammad Al Aeldin, 3.Rivas (11.Ibrohim Halfan, 71), 5.Traore, 7.Abdulrahmon Al Harazi (6.Aldulrahmon Al Korbi, 68), 9.Lukka, 10.Rodrigo Tabata, 13.Viera, 21.Muhammad Juma,  22.Kox Myong-Jin, 23.Sebastyan Soriya (32.Ahmed El Sayed, 82).

"Lokomotiv": 35. Javohir Ilyosov - 33. Oleg Zoteev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 5. Anzur Ismoilov, 24. Davronbek Hoshimov (28. SHuhrat Muhammadiev, 68) - 77. Diyorjon Turopov (70. Alisher SHog'ulomov, 77), 23. Yovan Jokich, 8. Jamshid Iskanderov (71.Arslonmurot Amanov, 84) - 10. Sardor Mirzaev, 17. Husniddin G'ofurov, 11. Timurxo'ja Abduxoliqov.


21.05.2019

OCHL-2019. "B" guruhi, 6-tur.

"Lokomotiv" - "Al Rayyan" 3:2

Gollar: Rodrigo Tabata 2, - 0:1. Gonsalo Viera 22, - 0:2. Sardor Mirzaev 35, - 1:2. Temurxo'ja Abduxoliqov 47, - 2:2. Temurxo'ja Abduxoliqov 61, - 3:2.

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov (23.Yovan Jokich, 90+3), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 71.Arslanmirat Amanov, 77.Diyorjon Turopov (8.Jamshid Iskanderov, 75).

"Al Rayyan": 1.Fahad Yunus, 2.Muhammad Olovuddin, 3.Gemin Rivas, 9.Lukka, 10.Rodrigo Tabata, 12.Muhammad Sayyar, 13.Gonsalo Viera (36.Yusuf Umar, 46), 21.Muhammad Juma, 23.Sebastyan Soriya Kuintana, 31.Daniel Gumu (18.Ahmad Al Saadi, 46), 32.Ahmad Masud.

Joriy mavsumdagi natijalar

O'tgan mavsumda kumush medallar sohibiga aylangan qatarliklarning bu yilgi ishlari uncha yurishmayapti. Yunus Ali shogirdlari joriy mavsum liganing dastlabki to'qqizta turida besh mag'lubiyat, bir durang va bor-yo'g'i uchta g'alaba qayd etdi. Mahalliy chempionatdagi to'qqiz turdan so'ng jamoa 10 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalining ettinchi o'rnini band etgan. O'tgan mavsum jamoani taniqli murabbiy Leonardu Jardim boshqargan edi, ammo portugaliyalik mutaxassis yozda istefoga chiqarilgan va uning o'rnini Boya Asbaghi egallagandi. CHempionlar ligasining 1-turida "Al Hilol"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng esa Asbaghiga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Yangi bosh murabbiy etib esa mahalliy mutaxassis Yunus Ali bosh murabbiy etib tayinlandi.


OCHLdagi natijalar

Osiyo Elit CHempionlar ligasining dastlabki uch bahsda "Rayyan" Saudiya jamoalariga to'qnash keldi. Dastlabki turda jamoa uz o'yida musobaqa favoriti "Al Hilol"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi turda esa qatar klubi "Al Nasr" bilan kurash olib bordi va Ronaldu goli sababli 1:2 imkoniyatni boy berdi. So'nggi bahsda esa "Al Rayyan" uz o'yida 1:2 hisobida engildi. Musobaqa jadvalida qatarliklar 0 ochko bilan musobaqa jadvalining eng qo'yi pog'onasini band etgan. To'plar nisbati 3:7.


Tarkib 

"Rayyan" tarkibining asosiy o'zagini legionerlar tashkil etadi. CHempionlar Ligasi uchun qatarlik o'yinchilardan tashqari 12 nafar xorijlik futbolchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Jamoaning umumiy transfer qiymati 65 million evroni tashkil etadi. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi esa tajribali ispaniyalik himoyachi David Garsiya(bir necha mavsum davomida "Osasuna" tarkibida to'p tepgan) va braziyalik hujumkor yarim himoyachi Rojer Gedesh. Ikki futbolchining ham transfer narhi 10 million evroga baholangan. To'liq tarkibning o'rtacha yoshi 29.5 yosh.

1. David Garsiya - 10 mln evro

2. Rojer Gedesh - 10 mln evro

3. Mahmud Trezege - 8.5 mln evro

4. Yulien De Sart - 7.5 mln evro

5. Gabriel Pereyra - 7 mln evro


Mahmud Trezege

Misr terma jamoasi azosi


David Garsiya

"Osasuna" sobiq futbolchisi


Rojer Gedesh

"Atletiko Mineyro", "Palmeyras" va "Korintians, jamoalarida to'p tepgan


Tiago Mendesh

"Lion" sobiq futbolchisi


Jyulien De Sart

"Genk" sobiq sardori

OFK Elit CHempionlar ligasi. 4-tur
"Paxtakor" (O'zbekiston) – "Al Rayyan" (Qatar)
Bosh hakam: Iida Jumpei (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Takebe Yosuke, Xamamoto Yusuke (Yaponiya)
Zaxira hakami: Araki Yusuke (Yaponiya)
VAR: Kimura Xiroyuki (Yaponiya)
AVAR: Tanimoto Ryo (Yaponiya)
Nazoratchi: Ali Ahmad Al Traifi (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Asep Saputra (Indoneziya)

Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Elite West . 4-tur

05/11/2024, 19:00

1
:
0
Tugadi

Al-Rayyan

Hazem Shehata - 51'

45'
90'
46'  Otabek Jurakuziev (Mukhammadali Urinboev)
74'  Dostonbek Khamdamov (Pulatkhoja Kholdorkhonov)
74'  Shahzod Azmiddinov (Ulugbek Khoshimov)
84'  Sardor Sabirkhodjaev
86'  Sardor Sabirkhodjaev (Kimi Merk)
86'  Umar Adkhamzoda (Makhmud Makhamadzhonov)
45'  Andre Amaro
46'  Francisco Ginella (Mohammed Saleh)
51'  Hazem Shehata
51'  Achraf Bencharki
82'  Hazem Shehata
90'  Trezeguet (Ameed Mhagna)
90'  Roger Guedes (Joshua Brenet)
90'  Abdulaziz Hatem (Abdulrahman Al Harazi)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика