So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  2 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  4 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

“Paxtakor”ga gol urib “Dinamo”ga tarixiy g'alabani keltirgan moldovalik Radu Rogak haqida Yangiliklar

“Paxtakor”ga gol urib “Dinamo”ga tarixiy g'alabani keltirgan moldovalik Radu Rogak haqida

Teglar :  DinamoRadu Rogak
2016 yil Birinchi Ligada g'olib chiqib Oliy Ligaga qaytgan “Dinamo” yangi mavsum oldidan safini moldovalik futbolchi Radu Rogak bilan kuchaytirgandi.

Kamtarin tarkibga ega samarqandiklar o'sha yili dastlabki uchta turda mag'lubiyat nimaligini bilishmagandi. Toshkentda “Paxtakor” sensacion tarzda mag'lub etilgan, “Bunyodkor” bilan mehmondan bir ochko bilan qaytgandi. Hattoki, muxlislar orasida o'zbekning “Lesteri” deb etrof etilgandi. “SHerlar” bilan kechgan murosasiz bahsda Rogak ohirgi daqiqada gol urib tarixiy g'alabani olib bergandi. Xo'sh, aslida futbolchining yurtimizga kelib qolishi qanday bo'lgandi? Jamoadan ketganidan so'ng qanday xulosalar chiqardi? Mazkur savollarga himoyachi bilan tashkil qilingan quyidagi intervyu orqali javob olishimiz mumkin.

“1995 yil Moldovaning Belci shahrida tug'ilganman. Futbolga kirim kelishim mahalliy “Zarya” jamoasidan boshlangan. Aynan bu klub akademiyasida ilk saboqlarni olganman. SHuningdek, jamoa bilan Moldova chempionatida uchinchi o'rinni egallagandik. Buning natijasida men Moldova yoshlar va olimpiya terma jamoasiga chaqirildim. Aytgancha, “Zarya”da men bilan birga Aleksandr Onika to'p tepgandi. U “Lokomotiv” va “Neftchi”dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan. Vadim CHemirtanga qarshi bir necha marotaba o'ynaganman. U kuchli va maxoratli futbolchi deb o'ylayman. Men bilan bir jamoada harakat qilgan Muhammad Kone bir mavsum “Lokomotiv”da o'ynadi. Andrey Kojokar ham malum muddat “temiryo'lchilar” tarkibida harakat qilgandi.

“Dinamo”ga kelishim tarixi o'zgacha bo'lgan. Eshitishimga qaraganda o'shanda klub menejeri Ilhom SHaripov Azamat Abduraimovga murojaat qilgan. Azamat Birodarovich bilan aloqalarim yaxshi ekanligi bois menga O'zbekistondan taklif borligini aytdi. O'zimizning chempionatdan saviyasi bir muncha yuqori ekanligi bois o'zimni sinab ko'rish istagi tug'ildi. O'rtada agentlar ham muhim rol o'ynadi. Ular menga: “Seni O'zbekistonda kutishmoqda. Murabbiylarga yoqsang shartnoma imzolashadi”, -dedi. Ikki haftalik ko'rikdan so'ng kelishuvga erishdik.


Taassurotlarim bir olam. Menga Toshkent va Samarqanda juda yoqdi. Ochig'i, yurtingizda futbolga bu qadar jiddiy etibor berishlarini kutmagandim. “Dinamo”ning uy uchrashuvlarida muxlislar stadionga sig'masdi. CHiptalar tugab, ko'plab odamlar tashqarida qolib ketgan paytlarni guvohi bo'ldim. Bu meni hayron qoldirdi.

Safarda “Paxtakor”ga muhim gol urganim yodimda. Ajoyib kecha bo'lgandi o'ziyam. Bir yil davomida bitta to'p kiritdim. Jamoa ancha yildan beri raqib maydonidan ochkosiz qaytayotgandi. Muhimi, o'sha gol murabbiylarga va ishqibozlarga unutilmas onlarni taqdim qildi. Ushbu jamoada uzoq vaqt o'ynashni istagandim. Turnir jadvalidagi o'rnimiz quyi ligaga tushib ketishimizga sabab bo'ldi deya olmayman. CHunki, oldingi O'FA rahbarlarining qaroriga ko'ra elitadan tushirib yuborildik. Men esa yuqori ligalarda o'ynagim keldi.

Futbol hozirgi kunda barcha mamlakatlarda rivojlanib bormoqda. Moldovada ham so'ngi yillarda etibor ancha oshdi. CHempionatmizning saviyasi yomon emas. Avval bundan ham yaxshiroq edi. Umid qilamanki, yana oldingi darajaga qaytishimizga ishonaman. Evropada raqobat kuchli. Terma jamoamiz iloji boricha kuchli terma jamoalar bilan musobaqalarda raqobatlashishga harakat qilmoqda.

Samarqandda o'tkazgan vaqtimga afsuslanmayman. O'zim uchun yangilik kashf qila oldim. Aslida maqsadim ham shunday edi”,- dedi Rogak.




Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика