So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

“Paxtakor”dan ketishi sababi, “Lokomotiv”ning maqsadi va “Xuaxin-Jizzax” bilan kelisha olmagani borasida Akbar Usmonov qanday fikrda? Yangiliklar

“Paxtakor”dan ketishi sababi, “Lokomotiv”ning maqsadi va “Xuaxin-Jizzax” bilan kelisha olmagani borasida Akbar Usmonov qanday fikrda?

Teglar :  Akbar UsmonovFutzal
O'zbekiston futzal terma jamoasi etakchi futbolchisi Akbar Usmonov endilikda faoliyatini “Lokomotiv” klubida o'tkazadi.

Yangi jamoasiga o'tishi va maqsadlari yuzasidan Usmonov bilan suhbatlashdik.

- “Lokomotiv”ga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- O'tgan mavsum yakunlanmasidanoq menga ko'plab jamoalar taklif bilan chiqdi.“Paxtakor” bilan amaldagi shartnomam bo'lganligi sababli, taklif bilan chiqqan barcha jamoalarga yakuniy qarorni jahon chempionatidan so'ng qabul qilishimni aytdim. Amalda shunday ham bo'ldi. Mundialdan so'ng “Lokomotiv” bilan kelishuvga erishdim, “temiryo'lchilar”ning taklifini meni qanoatlantirdi va shartnoma imzoladim.

- “Paxtakor”ni tark etishingiz oson kechmagandir?
- To'g'risi, “Paxtakor”ni juda yaxshi ko'raman. Faoliyatimni aynan shu jamoada boshlaganman. Ilgari klub kuchli 8 talikga ham bazo'r kirardi. U paytlari juda yosh edim. O'tgan mavsum klub bilan chempionlikni qo'lga kiritdik. Buni men ancha yillardan buyon orzu qilib kelardim. Mazkur chempionlik yo'lida juda ko'pchilik katta mehnat qildi. Endilikda “Paxtakor”ga futzal jamoasi kerak emas. SHu tufayli u erda qolishdan mano ko'rmadim.



- “Xuaxin-Jizzax” o'z tarkibini keskin kuchaytirdi. Bu jamoa ham sizga taklif bilan chiqdimi?
- Albatta ha. SHaxsan Bahodir aka Ahmedovning o'zlari taklif bilan chiqdi. Bundan juda xursand bo'ldim. Biroq moliyaviy tomondan kelisha olmadik.

- Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz?
- Sovrinli o'rinlarni egallash uchun qizg'in kurash kechadi. Hech kimga oson kechmasligi tabiiy. CHempionat qiziqarli o'tadi.

- “Lokomotiv” esa qanday maqsadlarni rejalashtirmoqda?
- CHempionlikni maqsad qilganmiz. Bu yo'lda bizni qiyin va mashaqqat kutib turibdi. Harqalay, bunga erishish uchun harakat qilib ko'ramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика